169
osoyishtalik uchun bizning mas’uliyatimiz ortadi.
Chunki
tinchlik va osoyishtalik har doim ham o‘zicha davom etaver-
maydi. Har bir joyda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlay olish
zarur. Konfliktli vaziyatlar esa mana
shu osoyishtalik tizimini
buzadi.
Ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlikning qo‘llanishiga
olib keladi. Biroq zo‘ravonlik - odatdagi hayotiy voqea emas.
Konfliktda zo‘ravonlikning qo‘llanilishi bu ziddiyatning nihoyat
darajada eskalatsiya va agressiyaga olib kelish natijasi hisob-
lanadi. Har qanday konfliktli vaziyatning oldini olsa bo‘ladi.
Afsuski, ko‘p hollarda konfliktlarni tinch yo‘l
bilan hal etish
imkoniyati boy beriladi.
Bunday ahvoldan qanday chiqib ketish kerak? Bu holda
«Adolatparvarlik mezonlari» bizga qo‘l keladi hamda konfliktni
zo‘ravonliksiz va kuch ishlatmasdan
muvaffaqiyatli hal etishga
imkon yaratadi. «Adolatparvarlik mezonlarini» qo‘llash, hech
kim mag‘lub emasligini, balki barcha g‘olib bo‘lib qolishini
isbotlaydi.