Nazorat uchun savollar:
1. Konfliktli vaziyat yuzaga kelgan emotsional tang holatda
inson qanday o‘zini himoya qilishga urinadi?
2. «Men - tasdiqlar» usulini qo‘llash bo‘yicha qanday talablar
mavjud?
3. Qanday qilib «men-tasdiqlar» usulini to‘g‘ri qo‘llash
mumkin?
4. Insonlararo munosabatlarda o‘z hissiyotlarini tahdidsiz va
adekvat tarzda bayon qilish deganda nimani tushunasiz?
5. Optimal darajada o‘zini himoya qilish qonun-qoidalarini
tushuntiring.
153
16-mavzu. KONFLIKTDA “G‘OLIB-G‘OLIB”
STRATEGIYASI VA UNING AMAL QILISH
TAMOYILLARI
Reja:
1. Zamonaviy konfliktologiya ilmida “G‘olib-G‘olib” yo‘na-
lishida ish olib borishning ahamiyati.
2. Konfliktlar yechimi - eng ijobiy va yaxshi munosabatlarni
shakllantira bilishi ekanligi.
3. Norozilikka rozilik talabining muhim xususiyatlari.
4. Konfliktga mayin bosim o‘tkazish zaruriyati.
Tayanch
tushunchalar:
“G‘olib-G‘olib» strategiyasi,
g‘olib- g‘olib, mag‘lub-mag‘lub qarama-qarshilik, durrang, hayot
haqiqati, norozilikka rozilik, g‘oliblik marrasi, g‘azab va nafrat,
jilovlash, to‘qnashuv, qasd olish, kek saqlash, o‘ch olish,
yangicha qarash, ijodiy yondashish, konfliktdan qochish,
stereotip, gaplashmaslik, indifferent munosabat.
1. Zamonaviy konfliktologiya ilmida “G‘olib-G‘olib” yo‘-
nalishida ish olib borishning ahamiyati.
Har qanday konfliktda
tomonlar qarama-qarshiligi ro‘y beradi. Tomonlar qarama-
qarshiligi mavjud manfaatlardan faqat birining ustun kelishini
nazarda tutadi. Manfaati ustun bo‘lgan tomon o‘zini g‘olib deb
hisoblay boshlaydi. Biz odatda qarama-qarshilik mavjud bo‘lgan
hollarda, tomonlar kurashi jarayonida g‘olib-mag‘lub, durrang
vaziyatlarga o‘rganganmiz. Ya’ni, kurashda bir tomon g‘olib
bo‘lishi, ikkinchi tomon mag‘lubiyatga mahkum qilinishiga
odatlanganmiz.
Shu bois, “Konflikt, ziddiyat, nizo va qarama-qarshilikda har
ikki tomon ham g‘olib bo‘la oladi” degan tushuncha bizga
noto‘g‘ri tushunchadek tuyuladi.
Ko‘pchilik «konfliktda ishtirok etayotgan tomonlarning ham-
masi g‘olib bo‘la olmaydi», deb o‘ylaydi. Odatda, faqat bir
tomon g‘olib bo‘ladi, ikkinchi tomon mag‘lub bo‘lishi shart,
degan stereotip hukm suradi. Odamlarning fikriga ko‘ra, har
qanday konfliktda, albatta, g‘olib va mag‘lub tomonlar mavjud
154
bo‘ladi. Kimdir maqsadiga erishadi, ammo kimnidir maqsadi
ro‘yobga chiqmay qoladi. Masalan, urush jarayonida, qaysidir
tomon yutib chiqadi, ya’ni g‘olib bo‘ladi, qaysidir tomon
yutqazadi, ya’ni mag‘lub bo‘ladi. Agar sport o‘yinlarida ikki
komanda durrang natija bilan o‘yinni tugatganda, hech bir
komanda yutib chiqqan, deb hisoblanmaydi.
Qarama-qarshilik ro‘y berganda, albatta, g‘olib bo‘lishga
intilish kerakmi?! Konfliktli vaziyatlarda g‘olib bo‘lish
shunchalik muhimmi?! Konfliktdagi g‘oliblik aslida nimani
anglatadi? Konfliktlar yechimida hamma ham g‘olib bo‘lishi
mumkinmi yoki albatta, bir tomon o‘zini yutqazgan hisoblashi
shartmi?! Konfiktda «har kim ham g‘olib bo‘la oladi»gan yo‘l
yoki usul mavjudmi? Konfliktda har ikki tomon g‘oliblikka
erisha oladigan usulni yaratish, uni odamlar tafakkuriga sing-
dirish, uni o‘rganish, shunday malakaga ega bo‘lish mumkinmi?
Konfliktlar yechimida aynan mana shunday yo‘l ishlab
chiqilgan, ya’ni ziddiyatli vaziyatdagi har ikki tomon ham o‘zini
g‘olib, deb anglashi mumkinligi konfliktlar yechimining o‘ziga
xos yutuqlaridan hisoblanadi. Konfliktli vaziyatlarda tomonlar
qarama-qarshiligi natijasida har ikki tomon yutib chiqishi, bir
tomon yutib chiqishi yoki har ikki tomon ham yutkazishi
mumkin. Demak, ziddiyatning qanday yechim topganligiga
qarab, tomonlar vaziyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai
nazardan, konfliktdagi tomonlarning ziddiyat yechimidan keyingi
ahvolini quyidagicha belgilash mumkin:
G‘olib - Mag‘lub;
Mag‘lub - Mag‘lub;
Mag‘lub - G‘olib;
Va nihoyat, eng muhim yechim - “G‘olib-G‘olib” mavqei.
Ammo ko‘pchilik konfliktda har ikki tomon ham g‘olib bo‘la
olishiga umuman ishonmaydi. Chunki bizning ongimizdagi ste-
reotip mana shunday holni, ya’ni “albatta, bir tomon g‘olib
bo‘lishi shart”- degan holatni qabul qilishga o‘rgangan.
Zamonaviy konfliktologiya ilmi esa insonlarni aynan “G‘olib-
G‘olib” yo‘nalishida ish olib borishga hamda ziddiyatlardan har
155
doim g‘olib bo‘lib chiqib ketishga o‘rgatadi. Shuningdek, faqat
o‘zining g‘olib bo‘lganligigina emas, balki boshqa insonning,
ko‘pincha o‘ziga yaqin bo‘lgan insonning ham mag‘lub bo‘lma-
ganligi, uning ham g‘olib bo‘lganligi katta ahamiyat kasb etadi.
«G‘olib-g‘olib» vaziyatini tahlil qilishda quyidagi manbadan
foydalanildi:WIN WIN. Based on the Fighting Fair model
created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino
Abrams Education Foundation. Inc.. Miami.Florida.1998.
Chunki siz uchun o‘zingizning g‘olib bo‘lganligingizgina
emas, balki opponentingizning ham ziddiyatdan qoniqqan holda
chiqib ketishi muhimdir.
Aniq bo‘lgan narsa shuki, konfliktlar hech qachon o‘z-
o‘zidan tugamaydi. Mavjud ziddiyatning hal etilishida ko‘p narsa
shaxs va uning xatti- harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida
konfliktlar yechimi sizga qarama-qarshi insonni mag‘lubiyatga
uchratish, uni yengish, unga hamla qilish, uni yo‘qotib yuborish,
undan o‘ch olish yo‘llarini emas, balki konfliktni yuzaga
keltirgan muammoni mag‘lub etish, unga hamla qilish,
muammoni yo‘qotish va muammoni yengishni o‘rgatadi.
Insoniy, ya’ni gumanitar qadriyatlar sirasida esa birovdan qasd
olish, kek saqlash, o‘ch olish, birovni qilgan gunohlari uchun
jazolash, birovlarga nisbatan zo‘ravonlik o‘tkazish qoralanadi.
Siz o‘zingizni “madaniyatli” va “oriyatli” inson sanasangiz, hech
qachon birovga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazmaslikka
harakat qilasiz. Inson kuchli bo‘lishi lozim, insonning kuchli
ekanligi o‘z kuchini ishlata olishida emas, balki o‘z kuchini faqat
o‘zini himoya qilish uchun ishlatishida ko‘rinadi,
Konflikt yechimini topish o‘z opponentiga qarshi kurash
emas, balki uning maqsadlari va manfaatlarini tushunishga
harakat qilishdir. Shu bois ijobiy va har ikki tomon uchun foydali
muloqot sirlaridan voqif bo‘lish zarur. O‘z jahlini, g‘azab va
nafratini jilovlashning eng maqbul yo‘llarini o‘rganish, muomala
madaniyati, boshqalarni eshitish va anglashga o‘tish, o‘zgalarga
hurmat bilan qarash kabi usullar ziddiyat ichiga kirgan har ikki
tomon uchun ham konfliktlar yechimining zarur talablari
156
hisoblanadi. Hayot haqiqati shundaki, har ikki tomon uchun
g‘oliblik marrasini ta’minlaydigan yo‘l mavjud. Aynan
konfliktlar yechimi har vaqt g‘olib bo‘lish va har ikki tomon
uchun ham mag‘lub bo‘lmaslik shart-sharoitlari, sir-asrorlari
haqidadir. Shunday qilib, har ikki tomon ham g‘olib bo‘la oladi.
G‘olib - G‘olib tizimini o‘rnatishni egallash sizlarga oliy ta’lim
muassasalarida, uyda, ko‘chada, eng asosiysi, qalbingizda
tinchlik posboni bo‘lib xizmat qiladi.
Nima uchun konfliktlar yechimini o‘rganish lozim? Chunki.
bu bilimlar hayotiy zaruriyatdir. Agar tinch, osuda hayot kechi-
rishni xohlasangiz, konfliktlar yechimini o‘rganish zarur. Bu
bilim va malakalar sizning muvaffaqiyat va yutuqlaringiz,
sizning ravnaqingiz garovidir. Konfliktlar yechimini topa bilish -
bu ikki qarama-qarshi tomonlarning g‘olibligi asosidagi eng oson
kelishuv yo‘lidir.
|