• 3. “Men-tasdiqlar” konflikt sharoitida o‘zaro muloqot- ning eng samarali, eng effektiv usullaridan hisoblanadi.
  • “Sen-tasdiqlar”ning umumiy maqsadlarning buzilishi




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/79
    Sana04.06.2024
    Hajmi3 Mb.
    #259988
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
    Bog'liq
    pedagogik konfilikt

    2. “Sen-tasdiqlar”ning umumiy maqsadlarning buzilishi 
    va uzilishiga olib kelishi.
    Siz xohlamasangiz ham ko‘pchilik 
    hollerda «sen-tasdiqlar» qarama-qarshilik darajasini kuchaytirib, 
    konfrontatsiyaga, olishuvga, psixologik va emotsional to‘qna-
    shuvga, yakkalikka, umumiy maqsadlarning buzilishi va 
    uzilishiga olib keladi.
     
    Mana shunday to‘qnashuv va qarama-qarshilikni, bir tomon-
    dan, oldini olish, shu bilan birga, o‘z fikrini ham ifodalashga 
    ulgurishning eng maqbul yo‘li «Men-tasdiqlar», “men-muro-
    jaat”lar hisoblanadi. 
    «Men-tasdiqlar» boshqa odamlarga o‘z his-tuyg‘ularingiz, 
    o‘ylaringiz, sizni qiynayotgan masalalarni aytish, muammolarga 
    ular e’tibori va diqqatini qaratish, boshqa odamlarga bosim o‘t-
    kazmasdan va o‘z salbiy emotsional kayfiyatining ta’sirini ularga 
    yubormasdan masalalarni hal etish, dolzarb muammolarni bildi-
    rishning eng maqbul, ta’sirchan va osoyishta, emotsional bosim-
    dan holi bo‘lgan usuli hisoblanadi. 
    “Men-tasdiqlar” boshqa odamni majburlamasdan turib, o‘z 
    maqsadlaringizga yetishish, ochiq muloqotni davom ettirish usu-
    lidir. 
    “Men-tasdiqlar” juda katta imkoniyatlar beradi. Faqat ularni 
    o‘z o‘rnida qo‘llay olish darkor. Eng asosiysi bu usul sizga 
    boshqa insonga xujum qilmaslik imkonini, uni ayblamaslik 


    147 
    imkonini yaratadi. Siz boshqa insonga hamla qilmasdan turib, o‘z 
    fikr va hissiyotlaringizni unga bayon qilib bera olasiz. Bunday 
    bayondan so‘ng boshqa inson ko‘nglida sizning so‘zlaringizga 
    nisbatan agressiya va salbiy kayfiyat vujudga kelmaydi. 
    “Men-tasdiqlar” usuli o‘zingizning fikr va talabingizni zo‘ra-
    vonliksiz birovga anglatish, tushuntirish, bayon qilish yo‘lidir. 
    3. “Men-tasdiqlar” konflikt sharoitida o‘zaro muloqot-
    ning eng samarali, eng effektiv usullaridan hisoblanadi. 
    “Men-tasdiqlar” usulini qo‘llash oddiy ish emas. U insondan 
    ma’lum ishlangan, singdirilgan malakalarni talab etadi. Boshla-
    nishida «men-tasdiqlar» usulini qo‘llash g‘ayri oddiyday 
    tuyuladi, ammo ma’lum tajribalardan so‘ng, u jo‘n, oddiy hodisa-
    ga aylanib boradi. Keyinchalik, balki «men-tasdiqlar» usuli 
    sizning hayotingizda muomala madaniyatingizning eng maqbul 
    usullaridan biri bo‘lib qolar. 
    Shu bois “men-tasdiqlar” usulini qo‘llash bo‘yicha 
    ma’lumotlarni bildirib o‘tamiz. Qanday qilib «men-tasdiqlar» 
    usulini to‘g‘ri qo‘llash mumkin: 
    - eng avvalo, “sen” deyish, ya’ni birovni aybli qilishdan kon-
    fliktli vaziyatda “men” deyishga o‘tish darkor; 
    - “men” deyishga o‘tish mutlaqo “men” aybdorman, aybimga 
    iqrorman degani emas; 
    - konfliktli vaziyatda “men” deyishning o‘ziga xos tartiblari 
    mavjud. “Men” deganda, aynan mening mana shu ziddiyatdan 
    nechogli qiynalayotganim, ziddiyat meni nechogli azoblayotgani
    aynan inson “meni”ga aloqador bo‘lgan “mening hissiyotlarim” 
    bildiriladi, ammo bu vaziyatda “uning” aybi yo‘qligi ta’kidlanadi; 
    - “men” deyilishida muhim bo‘lgan maqsad, aslida mavjud 
    ziddiyat, har ikki tomonga, ya’ni “unga” ham ta’sir ko‘rsata-
    yotganligi, «menga” ham ta’sir ko‘rsatayotganligini anglatish. 
    Mana shunda, ziddiyat ikki tomonning emotsional holatidan 
    ajratiladi. “Men” ziddiyatdan xursand emasman, “sen” ham ziddi-
    yatdan xursand emassan. Biz ikkalamiz ham – xursand emasmiz. 
    Biz bir tomondamiz – deyilishiga imkon yaratiladi. “Men” va 
    “sen” bir tomon, ziddiyat – bir tomonga ajratiladi. “U” ham sizni 


    148 
    ziddiyatdan tashqarida ko‘ra boshlaydi. “U” - “men”ga quloq sola 
    boshlaydi, “men»ning nima demoqchiligimni eshita boshlaydi; 
    - “men” ga o‘tish tazyiqsiz, bosimsiz olib boriladi. “Men” 
    deyish o‘z qalbiga, o‘z hissiyotlariga aniq quloq tutishni va ularni 
    adekvat tarzda so‘z bilan to‘g‘ri ifodalanishini angladi. “Men - 
    tasdiqlar” aynan siz o‘zingizning qalbingizdagi maqsadlar, his-
    tuyg‘ularni aniq idroq qilgan vaqtda sizga qo‘l keladi. Agar siz o‘z 
    hissiyotlaringizga aniq quloq tutmay, sohtalik bilan “men- 
    tasdiqlarni” ishlatsangiz, o‘zingizga zarar ko‘rsatib qo‘yishingiz 
    mumkin. Chunki siz chin maqsadni emas, haqiqatga anglangan 
    maqsadni emas, balki opponentingizga ta’sir o‘tkazish uchun 
    tanlangan maqsadni ko‘zlagan bo‘lasiz. Masalan, talabalar o‘rta-
    sida yosh kelin-kuyovlar hayotida bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilaviy 
    tortishuvlar oqibatida yuzaga kelgan konfliktli vaziyatdan bir 
    misol: aslida siz ajralishni xohlamayotgan bo‘lsangiz-u, xotin 
    (er)ingizni bo‘ysundirish uchun ajrim haqidagi gaplarni bexudaga 
    ishlatayotgan bo‘lsangiz, opponentingiz sizning fikrlaringizni 
    “chin” qabul qilib, ajrimga rozi bo‘lib qolishi mumkin. “Men-
    tasdiq”lar ikki tomonni ham samimiylik va rostgo‘ylikka o‘rgatadi. 
    «Men – tasdiqlar»ni qo‘llash bo‘yicha to‘rt talab: 
    1. Birovga har doim uning ismi-sharifini aytib murojaat 
    qiling. Bu hol uni tan olganligingiz va hurmat qilishingiz belgi-
    sidir. 
    2. Qanday o‘ylar sizni bezovta qilayotgani, qanday tuyg‘ular 
    tashvishga solayotganini ayting. O‘z tuyg‘ularingizni boshqa inson 
    bilan holis muhokama qiling. 
    3. Muammoni aniqlang va aniq fikrlang. Hech kim sizdan 
    yaxshiroq aynan sizning his-tuyg‘ularingizni anglamaydi. 
    4. Boshqa odamga nimani istayotganingizni ayting. Shuning 
    o‘zi konflikt yechimi uchun turtki bo‘lishi mumkin. 
    “Men - tasdiq”larga misollar. Mavjuda, men bilan gaplash-
    maganingda, men o‘zimni nimagadir aybdorday, hafa bo‘lganday 
    his qilyapman. Men seni hafa qilmoqchi emasman. Men sen bilan 
    uchrashib, shu narsa haqida gaplashmoqchi edim. Nima deysan... 
    Rahim, mening gapimni bo‘lganingda juda hafa bo‘lib ketaman. 


    149 
    Menga o‘z fikrimni to‘liq bayon qilib berishim uchun imkon 
    bersang. 
    Dilfuza, men senga yoqmasligim mumkin. Ammo menga 
    ham o‘z fikrlarimni bildirishga imkon bersang. Balki men o‘z 
    fikrlarimni bildirsam, senga ham ular yoqar... Mening fikrlarim 
    senga ma’qul kelmasa, men hafa bo‘lmayman... 
    Karim aka! Men o‘zimning gapimni tushuntira olmadim. 
    Men sizdan xafa emasman. Men sizning fikringizni aniq tushunib 
    olmoqchiman. Men ana shunda nima qilishni aniq bilib olaman. 
    Sizning fikringizni bilib olsam, men xatolikka yo‘l qo‘ymayman. 
    Men o‘zim ham nima bo‘layotganligi bilib olmoqchiman. 
    Bahtiyor, bolam, men xat yozmasang xavotirlanaman. Har xil 
    xayollar meni qiynay boshlaydi. Men seni sog‘inaman. Men seni 
    ko‘rgim keladi. Men sen bilan bo‘lgim keladi. Men sendan xabar 
    olsam, tinchlanaman. Men sen bilan gaplashgandek bo‘laman... 
    G‘ulom aka! Men kech kelganingizda havotir olaman. Nima 
    bo‘ldi ekan deb, o‘ylay boshlayman. Har xil hayollar mening 
    tinchimni buzadi. Ko‘chada falokat ko‘p. Men shundan qo‘rqa-
    man xolos. Menga bir telefon qilib, kech qolayotganligingizni 
    aytib qo‘ysangiz bas. Men sizni xavotirsiz kutishni boshlayman. 
    Men asli siz haqingizda qayguryapman. Men uchun siz begona 
    emassiz. Menga sizdan yaqin odam yo‘q... 
    Mannon Rahimovich! Men aslida sizning talablaringiz to‘g‘ri 
    deb o‘ylayman. Men xuddi sizdek komissiyaning nima deyishi 
    bilan qiziqaman va men ham ishga mas’uliyatli yondashishni 
    xohlayman. Menga ham komissiya yaxshi gaplarni aytib ketsa, 
    yaxshi-ku. Men va men boshqargan bo‘linma hamma ishlarni 
    qilyapti... Men o‘z xodimlarimning saviyasiga ishonaman. Men 
    sizni uyaltirib qo‘ymaslik uchun hamma choralarni ko‘raman. 
    Xotin! Kel, bu yoqqa o‘tir. Men ertalabdan kechgacha bola-
    larni, oilani boqish uchun harakatdaman. Men uchun bolalar, 
    oilam aziz. Yaxshi kiysin, yaxshi yesin, deyman. Qo‘limdan 
    kelganini qilyapman. Menga xadeb, “ertalabdan kechgacha yo‘q-
    siz” deganing og‘ir botadi. Men aslida sizlar uchun yashayap-
    man. Menga “pul” bersa ham boshqa xotinga qaramayman.. Jon 


    150 
    xotin, o‘zingni ham, meni ham qiynama. Men sizlar bilan 
    tirikman. Menga boshqalar kerak emas.
    “Men-tasdiqlar”ning ishlatilishi. Agar siz o‘z yaqiningizga 
    biror narsa demoqchi bo‘lsangiz-u, uni qanday bildirishni 
    bilolmayotgan bo‘lsangiz, “men-tasdiqlar” sizning usulingizga 
    aylanadi. Ammo “men-tasdiqlar”ni ishlatish ma’lum bir mashq-
    larni, amaliy tajribani talab etadi. Chunki “men- tasdiq”ning 
    ma’nosi mayinlik va ortga chekinish emas, balki aniq qilib o‘z 
    hissiyotlarini birovga bildirishdir. “Men-tasdiq”ning maqsadi - 
    aniqlik, to‘g‘rilik va samimiylikdir. Shu bilan birga, “men-
    tasdiq” sizning ziddiyat ichidagi eng so‘nggi so‘zingiz ham emas. 
    U - xulosa ham emas. U - bildirish xolos, aniqlab olish xolos, u - 
    ikki tomon uchun bir-birini tushunishiga qaratilgan qadamdir. 
    “Men-tasdiq” muammo borasidagi muloqotning boshi bo‘lib, 
    u hech vaqt muloqotning va ziddiyatning so‘nggi qarori bo‘la 
    olmaydi. “Men-tasdiq” muammo borasida ikki tomonning ochiq-
    chasiga gaplashuvi, bir-birini turtmasdan, bir-birini ayblamasdan 
    olib boriladigan samimiy suhbat. U - o‘zini vijdonan va ro‘yrost 
    tutish qobiliyati. U - samimiylik, iliqlik, ochiqlik va to‘g‘rilikni 
    ikki tomon ochib bera oladigan kalitdir. 
    “Men-tasdiq” shaxs meni orqali o‘zi haqida gapirish emas, 
    balki shaxs “meni” orqali o‘z opponentining fikr va o‘ylarini bi-
    lish, ularni ochiq aytilishi uchun asos yaratish, boshqa odam 
    hissiyotlarini anglash yo‘lidir. Ya’ni, “men-tasdiqlar” bir tomon-
    dan shaxsning hissiyotlarini yoritish va anglatishga xizmat qilsa, 
    ikkinchi tomondan, ikkinchi shaxsning o‘z hissiyotlarini ochiq 
    aytish va ro‘yrost gapirishi uchun ham sharoit yaratib beradi. 
    Ammo uni qo‘llaganda birdaniga mojiza yuz beradi-yu, hamma 
    narsa risoladagidek o‘zgaradi-qoladi, deb o‘ylash xato. Ikkinchi 
    tomonni, muloqotga chaqira olmasangiz ham, o‘z hissiyotlarin-
    gizni qo‘rqmay, ochiqchasiga, bosim o‘tkazmay va tahdid qilmay 
    ayta olganligingiz sizga emotsional yordam beradi, yuragingiz 
    bo‘shaydi. Ba’zan qarshi tomonlar sizninig nechog‘li hafa qilish-
    ganini, siz qanchalik ezilayotganligingizni, hissiyotlaringiz sizga 
    tinchlik bermayotganligini bilmaydi. “Men-tasdiqlar” vaziyatni 


    151 
    qarshi tomon uchun mana shunday vaziyatlarni oydinlashtirishga 
    xizmat qiladi. Konfliktlar asli ko‘proq yaqin odamlar orasida 
    sodir bo‘lishini nazarga olinsa, ziddiyat ichidagi yaqinlaringiz 
    sizga aslida “ yomonlik” istamayotganligini siz ham bilib olasiz. 
    “ Men-tasdiq” ziddiyat sharoitini yashirmay, ro‘yrost va aniq 
    belgilab olinishiga ko‘mak beradi. Shu bilan birga, o‘z muno-
    sabatlaringizni “men – tasdiq”lar orqali bildirishga urinish 
    jarayonida xohlang-xohlamang, siz “samoanaliz» bilan shugulla-
    nishga majbur bo‘lasiz. Buning oqibatida siz o‘zingiz haqin-
    gizdagi real haqiqatni ham bilib olasiz, o‘zingizni qayta anglash 
    jarayoni yuz beradi. Eng muhimi, siz uchun nima narsalar qadrli, 
    nima narsalar kerak emas, aynan “men-tasdiq» va “samoanaliz” 
    jarayonlarida bu savollarga ham javob topasiz. Agar birinchi 
    marta “men-tasdiq”larni ishlatish imkonini qo‘ldan bergan 
    bo‘lsangiz, boshqa sharoitlarni poylang hamda ularni bir emas, 
    doimiy ishlatib borishga harakat qiling. 
    Optimal darajada o‘zini himoya qilish. Agar biror kim sizga 
    qattiq baqirayotgan, sizni xo‘rlayotgan bo‘lsa, uning jahliga jahl 
    bilan javob berish, unga ham baqirish, unga ham aziyatli va 
    nafsoniyatga tegadigan gaplarni qaytarishdan o‘zingizni tuting. 
    Bu vaziyat optimal darajada “men-tasdiqlar”ni ishlatish uchun 
    sharoit pishib yetilganligini ko‘rsatadi. O‘zingizning qalbingizda 
    tug‘yon urayotgan va ko‘pirib borayotgan hislaringizni 
    o‘chirishga harakat qiling. Chuqur nafas oling! O‘z maqsadingiz 
    – “men- tasdiq”da butun fikringizni jamlang! Butun borlig`ingiz 
    bilan ongingiz, tafakkuringizning “men-tasdiqlar”ni pishiradigan 
    va tayyorlaydigan nuqtasiga murojaat eting! Tezda “men-tasdiq” 
    uchun matn hozirlang. 
    1. Menga ovozingizni ko‘tarib, baqirib gapirganingizda 
    (noxush hodisa); 
    2. Men o‘zimni xo‘rlangan, azoblangan, beayb aybdordek his 
    qilaman (noxush hodisaga javob, uning reaksiyasi); 
    3. Men siz bilan har qanday noxush va bahsli muammoni 
    tinchlik va samimiylikda muhokama etishni istayman (kelib chi-
    qadigan yangi vaziyat); 


    152 
    4. Men sizni juda qattiq xurmat qilaman, shu bois siz bilan 
    “sen-menga” borishni istamayman (opponentingiz o‘zgarishi 
    uchun unga vaziyat yaratilishi); 
    5. Men sizga nisbatan hurmatsizlikni o‘zimga ep ko‘r-
    mayman. Men sizga iliq munosabatda bo‘lishni istayman. Hur-
    matingiz bor. Shu bois, men siz bilan to‘g‘ri va samimiy muno-
    sabatda bo‘lish tarafdoriman. Siz menga qo‘pol gap qilsangiz, 
    mening ko‘nglim og‘rib qoladi. Mening ham ko‘nglimni og‘rit-
    mang. To‘g‘ri gapni, agar u tanqid bo‘lsa ham, men ham to‘g‘ri 
    qabul qilaman (opponentingizning xulosaga kelishi va o‘z muno-
    sabatini o‘zgartirishi uchun sharoitning to‘liq yaratilganligi). 
    Sezyapsizmi, siz o‘z opponentingizni bir soniyadayoq bir yuz 
    sakson foizga qayirib, ikkalangiz uchun ham yangi muloqot vazi-
    yatini yarata oldingiz. Bir narsani ta’kidlash zarur, bu jumlalarning 
    hammasi osuda va tahdidsiz, ammo qat’iy ovozda aytilishi darkor. 
    Shunday qilib, “man-tasdiqlar” tartib-qoidalari insonlararo 
    munosabatlarda o‘z hissiyotlarini tahdidsiz va adekvat tarzda 
    bayon qilish uchun sharoit yaratib beradi. Sizning hissiyot-
    laringiz, xulosa va fikrlaringizning aniq va to‘g‘ri qabul qilinishi 
    esa oradagi tushunmovchilikning oldini oladi hamda muloqot-
    ning madaniy va osuda o‘tishiga imkon yaratadi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Sen-tasdiqlar”ning umumiy maqsadlarning buzilishi

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish