Konfliktlar yechimi - eng ijobiy va yaxshi munosabat-




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/79
Sana04.06.2024
Hajmi3 Mb.
#259988
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
pedagogik konfilikt

2. Konfliktlar yechimi - eng ijobiy va yaxshi munosabat-
larni shakllantira bilishi, 
ular muntazamligini saqlash iste’do-
didir.
 
Ammo g‘olib-g‘olib yo‘nalishida ishlash, uni ta’minlash 
hamda ikki tomonni g‘olib-g‘olib shart-sharoitlariga olib kelish 
oson ish emas. Bu bilim va malakalar insonda tarbiyalangan va 
yoshlikdan uning psixologik va emotsional, etik va estetik 
qadriyatlari tizimiga, tafakkuriga singdirilgan bo‘lishi kerak. 
Agar bu bilim, ko‘nikma va malakalar tarbiyalangan bo‘lsa, 
konfliktni sezgan zahoti, uning qanday rivojlanib kelayot-
ganligini tahlil etish, uning rivojiga qarshi ma’lum choralar 
ko‘rish, uning “olovini” o‘chirish imkoniyatlarini ishga solish 
mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik hollarda biz 
konfliktning kelib chiqishi mumkinligini sezsak ham, uning 
oldini olish choralarini ko‘rishda bee’tiborlik, erinchoqlik 
qilamiz va odatdagi kundalik ishlar girdobida uning chuqurlashib 
ketganligini faqat kuzatib boramiz xolos. 
Konflikt yechimini topishda “G‘olib-G‘olib” strategiyasi 
mavjud, faqat uni qanday shakllantirish, uni qanday qurish 
lozimligini bilish kerak xolos. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, biror 


157 
tomonning muvaffaqiyat qozongani boshqa tomonning mag‘lu-
biyati sifatida qabul qilinadi. Aslida ham shunday-mi?! Bir 
tomonning g‘olibligi ikkinchi tomonninng mag‘lubiyati sifatida 
qabul qilinishi faqat sport musobaqalarida amal qiladi. Sportda, 
albatta, bitta g‘olib, bitta mag‘lub bo‘ladi. Sportda bir odam 
birinchi o‘rin va faqat bir odam ikkinchi o‘rinni egallaydi. 
Ammo hayotdagi to‘qnashuvlarda har ikkala o‘rin ham - 
birinchi o‘rin bo‘lishi mumkin. Chunki hayotdagi to‘qnaiguv-
larda har bir tomonning yutug‘i boshqacha bo‘lishi mumkin. Bir 
tomon o‘zining ma’lum manfaatlarini, ikkinchi tomon ham 
o‘zining ma’lum manfaatlarini himoyalab, ziddiyatda yutishi 
mumkin. Manfaatlar esa har xil bo‘lishi mumkin. Shu bois 
konfliktda - “Men yutishim kerak, shu bois men senga halaqit 
beraman. Men seni to‘xtataman. Faqat mening aytganim bo‘la-
di”, - deb bo‘lmaydi. Konfliktda “Sening manfaating mana 
bunda, mening manfaatim esa - mana shunda ekan. Shu bois 
o‘zaro kelishib olsak, sening manfaating ham, mening manfaatim 
ham muhofaza qilinadi”, qabilida ish ko‘rish foydaliroq bo‘ladi. 
“Norozilikka rozilik”. Konflikt vaziyatlarda va konfliktlar 
yechimida “norozilikka rozilik» qonuniyati amal qiladi. Noro-
zilikka rozilik - konflikt vaziyatdan chiqib ketish uchun har ikki 
tomonning o‘zi norozi bo‘lgan tomonlaridan voz kechishi orqali, 
boshqa har ikki tomonni qoniqtirgan masala borasida maqsad-
larni birlashtira olish qobiliyatiga aytiladi. Shu bois, konflikt 
yechimi uchun - “Men yutib chiqishni xohlayman, ammo men 
sening ham yutib chiqishingni xohlayman”, “Men emas senga 
qarshi bo‘lgan, shuning uchun men sen bilan birgaman”, - deya 
olish va mana shu qoidalarni o‘z opponentiga tushuntira olish 
muhim. Ana shunday vaziyat vujudga kelganida har ikki tomon 
ham o‘zini konflikt yechimidan qoniqqan va g‘olib chiqqan deb 
hisoblaydi. 

Download 3 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konfliktlar yechimi - eng ijobiy va yaxshi munosabat-

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish