3. Norozilikka rozilik talabining muhim xususiyati
shun-
daki, unda siz bilan konfliktga kirgan odamning o‘ziga hos
ma’lum norozi bo‘lgan tomonlari va talablari mavjud bo‘lishi
mumkinligini siz tan olasiz. Ya’ni har ikki tomonning ma’lum
158
manfaatlari saqlanib qolinishi hisobiga, har ikki tomon ham
umumiy yechimni qo‘llashga moyillik bildiradi, bunday yechim
esa sizning inson sifatida “mard”ligingizning tan olinishiga olib
keladi. “Men siz uchun mana bu narsani qilishga tayyorman,
ammo siz men uchun mana bu narsani qilib bering”, “Men sizni
ishxonagacha tashlab qo‘yaman, ammo siz menga mashinani
yuvishga yordam berasiz”, “Men hisobot uchun materiallarni
to‘playman, ammo siz ularni tartib bilan joylashtirasiz” - bular
kelishuv yo‘lidir.
“G‘olib-G‘olib” bo‘lish usuli asli muvaffaqiyat usuli hisobla-
nadi. Bu usul qarshi tomonlarga umumiy yechimga kelish imkoni-
yatini yaratadi. Boshqa odamning biror bir narsadan “noroziligini”
qabul qilish, umuman, odamlar biror narsadan norozi bo‘lishlari
mumkinligini qabul qilishga teng keladi. Masalan, qaynona o‘z
kelinining ro‘mol o‘ramasligidan norozi bo‘lishi mumkin. Kelin
esa qaynonasining ko‘chada ham ro‘mol o‘rashni talab etayot-
ganligidan norozi bo‘lishi mumkin. Kelinning eri, ya’ni qayno-
naning o‘g‘li esa, xotinining “ko‘chada chiroyli bo‘lib yurmagan-
ligi, yasanishga bee’tiborligidan” norozi bo‘lishi mumkin. Qayno-
naning eri, ya’ni qaynota kelin o‘g‘lining aytganlarini bajarishga
harakat qilmayotganligidan norozi bo‘lishi mumkin. Qaynota, kelin
uning o‘g‘lini hurmat qilib, ko‘chalarda yasanib yurmaganligini
uning o‘z eriga bo‘ysunmaganligi qabilida baholashi mumkin.
Agar har bir tomon o‘z noroziligi bilan bir qatorda boshqaparning
ham noroziligini qabul qila olsa, tomonlar bir to‘xtamga,
kelishuvga yetib kelishi osonlashadi.
Bizda ba’zi bir hollarda boshqa odamlarning norozi bo‘lish-
lari mumkinligi - bu tabiiy hol. Biz o‘z hayotimizda birvara-
kayiga va turli vaziyatlarda barchani to‘laligicha rozi qila olmay-
miz. Buni uddalash qiyin. Shuning uchun bizning so‘zlarimiz,
amallarimiz boshqalarda ham norozilik uyg‘otadigan vaziyatlar
kelib chiqadi. Ammo biz mana shu norozilikka tinch va osuda,
tafakkur orqali yondashsak, boshqalarning noroziligini qabul
qilsak, o‘z munosabatlarimizni yangi talablarda ko‘rishimiz
uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi.
159
Qaynona o‘glining xohishini, xotin erining xohishini, ota
onaning xohishini tushunib, ular o‘zaro kelishgan holda biror bir
hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘lni qidirib topishga imkon
yaratishadi. Ammo mana shu vaziyatda bir qonuniyatni e’tiborga
olish lozim. Aslida inson erki tushunchasi shu insonga tegishli
eng muhim hayotiy talab va narsalarning faqat va faqat mana shu
inson tomonidan hal etilishini ko‘ndalang qo‘yadi. Insonning
boshqa, o‘ziga yaqin insonlar bilan bo‘lgan muloqoti o‘zaro
hurmat, birovlarning qarashlarini ardoqlash, ularga diqqat bilan
qarash, ularning ham hissiyotlarini hurmatlash asosiga qurilgan-
da, har bir tomon o‘zga tomonning his-tuyg‘ulariga e’tiborlilikni
o‘rgangan bo‘ladi.
Har qanday konfliktda har ikkala tomonni qanoatlantiruvchi
hamda g‘oliblikka olib keluvchi yechim mavjuddir. Shunday
bo‘lsa ham, o‘z yechimini topa olmayotgan konfliktlar ham bor.
Ammo bu fikr bunday konfliktlarda ikkala tomon bir-biri bilan
muloqot qila olmaydi, degani emas. Balki bunday holatlarda
ikkala tomon uchun “norozilikka rozilik” bildirish eng yaxshi va
maqbul yo‘ldir.
Konflikt yechimining “ norozilikka rozilik” qonuniyatini
oddiy bir misol orqali ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Masalan, 6 yosh va 4
yosh bo‘lgan aka-ukalar bitta konfetni talashib, urishib qolishdi.
Ikkalasi uchun oydin haqiqat shundaki, ikkalasi ham konfetni
yemoqchi. Ammo ular bir narsaga qarshi — agar konfet o‘ziga
emas, boshqasiga tegsa, ular norozi bo‘lishadi. Agar ularga
“Sizlar aka-ukasizlar, kelinglar konfetni o‘rtasidan bo‘lamiz.
Ikkalangizga teng tegadi. Shunda siz zo‘-o‘-o‘r bola bo‘lasiz.
Yaxshi odam bo‘lasiz. Aka-ukalar bir-birini qo‘llashi kerak-ku” -
deb, o‘qitib ham qo‘ysangiz, ish juda yengil ko‘chishi aniq.
Ikkala aka-ukalarning noroziligi asosida ularning roziligi
tamoyili ishlab chiqiladi. Konfet teng ikkiga bo‘linadi va har bola
o‘z manfaatining amalga oshganligiga iqror bo‘ladi. Ammo, agar
bolalar talashayotgan narsa, boshqa, masalan, velosiped bo‘lsa-
chi? Qanday qilib ularni yagona yechimga olib kelish mumkin?
160
Qanday qilib ularni qoniqtirish mumkin? Bu haqida o‘zingiz
o‘ylab ko‘ring!
Biz har doim ham bir xilda fikrlaymizmi?! Biz bir tomonga
qaraganda har doim ham bir xil narsani ko‘ramizmi?!
Kattalar hayotida ziddiyatlar ancha murakkab bo‘lishi aniq.
Chunki kattalar hayotida ikki odam bir narsaga, ya’ni bir
tomonga qaraganda, ular har doim bir narsani ko‘radi, bir narsani
anglaydi degani emas. Masalan, teleekranda “Go‘zallik ko‘rik
tanlovini” ko‘rsatilmoqda. Ayol kishi go‘zallik ko‘rik tanlovida
qizlarning qanday kiyim kiyganligi, ularning qanday modada
tikilganligi, rangi ro‘yi, qizlarning qanday yurishiga e’tibor
qaratadi. Bizning o‘zbeklar ko‘proq ko‘rik tanlov ishtirok-
chilarining qosh-ko‘ziga e’tibor berishadi. Ular uchun “qora
qosh, qora ko‘z”lilar chiroyli ko‘rinadi. Ko‘zlar esa albatta
“katta-katta” bo‘lishi shart. Xuddi shu ko‘rik tanlov ko‘rsatuvini
ko‘rayotgan erkaklar esa batamom boshqa mezonlar asosida
qizlarga qaraydi. Erkaklar uchun qizlarning qanday kiyim kiy-
ganligidan ko‘ra, qanday kiyim kiymaganligi balki muhimroqdir.
Ular bir narsani ko‘rmoqda va bir tomonga qaramoqda! Biroq
ularning ko‘rsatuvdan olgan hissiyotlari, xulosalari, emotsiyalari
turlichadir. Demak, bir xil vaziyatda hamda bir xil holatda, ikki
odam turlicha qarorlar va xulosalarga kelishi mumkin. Va bu ikki
xillilik - tabiiy narsadir. Boshqa odam, u senga kanchalik yaqin
bo‘lmasin, boshqacha fikrlashi va boshqacha xulosalarga kelishi
mumkin. Demak, ziddiyatlar o‘zgalarning qarashlari, fikrlari,
xulosa qilish tamoyillari biznikidan o‘zgacharoq ekanligini
tushunish, anglash zaminida yechiladi va hal etiladi.
Ana shunday bir xil narsa va hodisaning ikki inson
tomonidan ikki xilda talqin qilinishini kelin va kuyovning birin-
chi uchrashuvini qanday so‘zlab berishida kuzatish mumkin.
Kelinning esdaliklari. O‘shanda men yangi havo rang
qo‘ylak kiyib olgan edim. Rosa chiroyli edi. Xilpirab turar edi.
Men bu ko‘ylakni mazza qilib kiyar edim. Hozir ham gapiryap-
man-u, kayfiyatim ko‘tarilib ketyapti. Menga “Panorama” kino-
teatriga borasan”, deyishdi. Soat 6-00 ga. “Borganda, u odam
161
o‘zi seni topadi”, deyishdi. Men bordim. Panoramani oldi juda
keng. Qaysi tomonda kutishni bilmadim. Aylana boshladim. O‘zi
hech kim yo‘q edi. Ancha kutdim. Hech kim oldimga kelmadi.
Endi jahlim chiqib, “E, qaytib ketaveraman. O‘zi kim kimni
kutishi kerak. Erkak bo‘lganidan keyin ertaroq kelishi kerak-ku”,
- deb tursam, “Siz Sayyoramisiz?’, - deb kelib qoldilar. Jahlim
chiqqan edi. Qo‘polgina qilib, “Ha, men. Nimaydi?, - dedim.
Ular, kulib turib, “Yo‘q. Hech nima. Faqat biz endi birga bo‘lsak
kerak.” -dedilar. Men o‘z xayolimda “Bu - jinnimi?!”- deb
o‘yladim. Ammo “Nimaga kech qoldingiz?’, - deb so‘ray
olmadim. O‘shanda nimaga kech qolgan edingiz?!»
Kuyovning esdaliklari. O‘sha vaqtlarda onam hech holi-
jonimga qo‘ymay “qachon uylanasan” ashulasini erta tongdan
aytishni boshlar edi. O‘sha kundan bir haftacha oldin onam yana
“Bir qizni topdim. Menga ma’qul. Yaxshi qiz ekan. Surishtirdim.
Hamma maqtayapti. Bir borib ko‘r”, - deb aytib qoldilar. “Xo‘p”
dedim-u, qutildim. O‘sha kuni ertalab onam birdaniga “Bugun
uchrashuving”, - deb qoldilar. Ammo men uchrashuvga hech
ham bora olmasdim. Chunki katta majlis aytib qo‘yilgan edi.
Ruxsat so‘ray olmasdim. Yana bunday sabab bilan. Onamga esa,
“Men bora olmayman. Aytib qo‘yinglar ularga. Ovora bo‘lish-
masin”, - desam, baloga qoldim. Shuning uchun indamay ishga
ketaverdim. Nima bo‘lsa – bo‘lar deb. Majlisda o‘tiribman-u, u
yoqda meni kutishayotgani menga tinchlik bermaydi. Keyin
uchrashuvga, gul, pul degandek olib borish kerak. Unga ham
vaqtim yo‘q. Shuning uchun “Kech qolib bo‘lsa ham borave-
raman. Agar xushro‘y qiz bo‘lsa va ayniqsa, meni kutib turgan
bo‘lsa, unga uylanaman”, - deb o‘zimni tinchlantirdim. Borib
qarasam, turibdi. Jahli chiqqan, chimirilgan, ammo kutyapti.
Biroz tashqarida kuzatdim, nima qilarkin, - deb. U yoq, bu yoqqa
qarab qo‘yadi-da, yana kutaverardi. Keyin, ketishga chog‘lana-
yotganligini sezib qoldimda, “Oldiga borib, men sizga uyla-
naman», - dedim. “Men sizga uylanaman”, deganimni eshitdiyoq,
xovri tushib, muloyim bo‘lib qoldi. Keyin aylanishga ketdik.
162
Hamma sovg‘alarni yo‘lda olib berdim. O‘ziyam, meni kutgani
uchun rosa mehmon qilganman. Og‘zi ochilib qolgan.
Kelin: E, menga hech ham “Senga uylanaman”, demagansiz.
Har xil narsalarni o‘ylab topaverasiz. Uyga borsam, “Nimaga
kutib turmading”, - deb, dadam urishadilar. Sizni o‘zi dadam top-
gan edilar. Dadamdan qo‘rqqanimdan kutaverganman. Nima,
dabdurustdan, na salom bor, na alik bor, “Senga uylanaman”
deganmisiz. Hech ham unaqa bo‘lmagan. O‘ylab topmang.
Kuyov. Nimaga o‘ylab toparkanman. Men aytganday bo‘l-
gan. Qarasam, bechora qiz shuncha meni kutgan. Qiz bolani yigit
kishini shuncha kutishi umuman tarixda bo‘lmagan hodisa. Men,
sabr va qanoatli qiz ekan, - deb o‘ylaganman. Menga indamay
kutishi yoqqan, ma’qul bo‘lgan. Shu narsaga chidagan, hayotda
ham hamma narsalarga chidam bilan qaraydi, - deb xayolimdan
o‘tgan. Rosa kuzatganman. Miq etmay kutyapti. Oldiga kelib,
o‘zimni tanishtirsam ham, qo‘pollik qilib, “Bor. Tur yo‘qol!”, -
deb haydab solmagan. Ko‘zlari menga katta-katta bo‘lib ko‘rin-
gan. Ko‘zlarini katta bo‘lib ko‘ringani aslida jahli chiqqanidan
ekan. Keyin ko‘zlari kichrayib ketdi.
Ko‘rinib turibdiki, birinchi uchrashuvdagi bir xil voqea
tasnifi ikki odamda turlichadir. Har bir odam o‘ziga xos narsa-
larni, o‘zining xotirasida qolgan narsalarnigina gapirmoqda.
Ikkala odam ham gap aynan birinchi uchrashuv haqida ketayot-
ganligini anglashadi. Ammo mana shu birinchi uchrashuv qanday
o‘tganligi borasida fikrlar boshqa-boshqadir.
Odamlarning idrok qilish qobiliyati turlichadir. Insonning
idroki, ya’ni uning narsalarga qarab ularni anglashi ko‘p obyektiv
va subyektiv faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Tajriba, ma’naviy qadri-
yatlar, his-tuyg‘ular, psixologiya, shaxs tafakkuri, ular ehtiyojlari
ana shunday faktorlardandir. Mana shu idrok qilishdagi farqlar
konfliktga olib kelishi mumkin. Ko‘pchiligimiz hayotimiz davo-
mida o‘zimizni ba’zi an’anaviy va jamiyat tomonidan qabul
qilingan talablar asosida chegaralashga harakat qilamiz. Konflikt
yechimida ana shunday chegara «g‘olib-mag‘lub» strategik usuli-
ga teng keladi. “G‘olib-Mag‘lub” holati bizning ongimizga
163
o‘rnashib qolgan noto‘g‘ritamoyildir. Ya’ni ziddiyatga kirayot-
ganda biz “G‘olib-G‘olib” strategiyasi mavjudligini bilmasak,
undan bexabar bo‘lsak, bizning ongimizda mavjud stereotip
ishlay boshlaydi, bu stereotip esa – men, albatta, g‘olib chiqishim
kerak, opponentimga keskin “qarshilik” ko‘rsatishim kerak,
degan noto‘g‘ri tafakkurga asoslangan bo‘ladi. Buning mazmuni
shundaki, konflikt yechimini qidirganda biz faqat shu chegara
doirasida fikr yuritib, yangi usullarga yo‘l bermaymiz. Shu bois,
konflikt yechimida «G‘olib-G‘olib» strategiyasiga yetishish
uchun yangicha qarash, ijodiy yondoshish, har turli variantlarni
ko‘rib chiqish talab qilinadi. Bu maqsadga yetishish uchun esa
biz o‘z dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz lozim. Shu bois, biz
“G‘olib-G‘olib” strategiyasi uchun quyidagi tamoyillarni sizlarga
tavsiya etamiz.
“G‘olib-G‘olib” strategiyasiga amal qilish uchun qanday
harakatlar qilmok kerak?
Birinchi qadam: opponentingiz nimani istaydi va nima uchun
aynan shuni istaydi, bilib oling.
Ikkipchi qidam: sizning va opponentingizning fikridagi
qarama-qarshilikda ba’zi bir umumiy tomonlar, ularni o‘xshash
qilib turgan nuqtalar mavjudmi, shuni aniqlang.
Uchinchi qadam: sizning va opponentingizning muammoga
qaratilgan yechim variantlari qanday, aniqlang.
To‘rtinchi qadam: konflikt muhokamasini hamkorlikda
amalga oshiring. Siz o‘zingizcha, opponentingiz o‘zicha variant-
larni o‘ylasa, orangizda yana uzilish bo‘ladi. Jarayon birgalikda
harakat qilish asosida tashkil qilinsa, orada ishonch va hamkorlik
yuzaga keladi. Siz esa o‘z opponentingizga qarshi tomon sifatida
emas, balki hamkor sifatida qarayotganligingizni ko‘rsating.
Hamkorlik yo‘li har doim birga say’-harakat qilish yo‘li bo‘lib,
tomonlar munosabatini yaqinlashtirishga yordam beradi.
Konflikt jarayonida tomonlar muzokarasini tashkil qilganda,
o‘z so‘zingizni quyidagi jumlalar bilan boshlashingiz yaxshi
natija beradi: “Men ikkalamiz uchun ham adolatli yechim topish
tarafdoriman”, “Keling, qaraylikchi, ikkalamizni ham qoniqtira-
164
digan, ikkalamiz uchun ham muhim bo‘la oladigan yo‘l bormi-
kan”, “Men bu yerga ikkalamizga muhim bo‘lgan muammoni
yechishga keldim, faqat o‘zimning muammoyim emas, sizning
muammoyingiz ham o‘z yechimini topishi tarafdoriman”.
Undan so‘ng, ikkala tomon uchun muhim bo‘lgan muam-
moning ichki mohiyatini anglashga, uni chegaralab olishga
yo‘naltirilgan savollar bering. Masalan, “Nima uchun sizga
aynan bu qaror eng yaxshi yo‘l deb ko‘rinyapti?”, “Nima uchun
siz aynan shuni taklif etyapsiz?”, “Shu holatda siz uchun muhim
bo‘lgan narsalar nimada”, “Masalan, siz aytgan gap hal bo‘ldi,
deylik, keyinchi?”. Bu savollar bilan siz o‘z opponentingizning
fikrlash jarayoniga, ya’ni uning maqsadlariga aniqroq kirib
borasiz. Uni tushunishingiz osonlashadi. Uning maqsadlari sizga
oydinlashadi. Siz opponentingizdan axborot ola boshlaysiz. Bu
axborotlar esa hamkorlikda masala yechimini topishga ko‘mak-
lashadi. Birovni eshitmasdan, anglamasdan turib, konfliktni
yechib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, oradagi o‘rnatilgan hamkorlik
faoliyatidan ham siz foydalanib qolasiz. O‘rni kelganda o‘zin-
gizni qiziqtirgan o‘rinlarni ham ta’kidlashga imkon yaratiladi.
“G‘olib-g‘olib” yo‘nalishi uchun tavsiyalar: barcha ishtirokchilar
maqsad va manfaatlarini belgilang; ularni qoniqtirishga say’-
harakat qiling;
boshqalar qadriyatlari va manfaatlarini o‘zingiznikidek qabul
qilishga urinib koring;
obyektiv bo‘lishga harakat qiling, muammoga shaxsdan
ajragan holda munosabat bildiring;
muammoga ijodiy yondashing, nooriginal qarorlar topishga
urining; muammoga beshavqat bo‘ling, odamlarni avaylang,
ularga shafqatli bo‘ling.
Aslida, konfliktning kelib chiqish shart-sharoitlari, faol
yashash ko‘nikmalarini talab etadi. Agar siz konflikt sharoitida
odatdagi stereotiplar asosida fikr yuritsangiz, demak, sizning
tafakkuringizda uning yechimiga qaratilgan ilmiy-nazariy va
zamonaviy bilimlar tarbiyalanmagan. Kop hollarda shunday
bo‘ladi, chunki konfliktologiya yangi rivojlanib, o‘sib va kenga-
165
yib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Konfliktga muno-
sabat masalasida ko‘pchilik ongiga o‘rnashib qolgan qat’iy,
ammo noto‘g‘ri, amaliy bo‘lmagan usullarni qo‘llaydi.
Konflikt bilan to‘qnashganda ko‘pchilik quyidagi stereotiplar
asosida harakat qiladi:
Konfliktdan qochish. Agar siz konfliktdan qochish stereo-
tipini tanlashga moyillik ko‘rsatsangiz, siz o‘zingizda uning
keyingi rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish, uning yechimini o‘zingiz
uchun qulay va zarur maqsadlarda hal etish imkoniyatini boy
bergan bo‘lasiz. Ammo ba’zan konfliktdan qochish jismoniy
to‘qnashuv, zo‘ravonlik va kuch ishlatishning oldini olgan
bo‘ladi. Konfliktli vaziyatdan qochish agar mana shu konflikt
aynan sizning shaxsiy manfaatlaringizga qarshi qaratilmagan
bo‘lsa, o‘ylangan va to‘g‘ri tashlangan qadamlardan bo‘lishi
mumkin. Bu holda uning har qanday yechimi – sizning hayo-
tingizga ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo, konfliktdan qochib, siz o‘z
do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ko‘mak berishdan voz kechgan
bo‘lasiz. Ba’zi hollarda konfliktdan qochish taktikasi ataylab o‘z
opponentini jazolash, uning “aqlini” kiritib qo‘yish, “qani nima
ham qila olardi?” qabilida ish tutish maqsadlari asosida qilingan
bo‘ladi. Bunday hol, sizning inson sifatida odamlar tomonidan
ijobiy qabul qilinishingiz uchun hech ham yordam bermaydi va
muhimi, oralaringizdagi ziddiyatni yechib ham bermaydi. Bu hol
o‘z oppnentizgizni konfliktga bo‘lgan munosabatini ham
oydinlashtirmaydi, balki murakkablashtiradi. Quyidagi amallar
sizning konfliktdan qochish taktikasini qo‘llayotgan ekanligin-
gizni anglatadi:
ataylab ko‘rsatib, jahl bilan boshqa joyga ketish;
bo‘lganligini ko‘rsatib, boshqa uyga chiqib ketish;
“yashiringan”, uzoq vaqt davomida his qilingan qahr va
g‘azab; depressiya;
o‘z opponentini ochiqchasiga tan olmaslik (ignorirovaniye);
odamlar orqasidan mazax qilish va gapirish; yaqinlaringiz bilan
faqat ish yuzasidan gaplashish; indifferent munosabat;
166
urishib qolgan tomon bilan, umuman, na do‘stona, na qarin-
doshlik, na ish yuzasidan muomala qilmaslik, munosabatlarni
batamom uzish.
|