• Tayanch tushunchalar
  • Konfliktli vaziyat yuzaga kelgan emotsional tang holat
  • Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/79
    Sana04.06.2024
    Hajmi3 Mb.
    #259988
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
    Bog'liq
    pedagogik konfilikt

    Nazorat uchun savollar: 
     
    1. Konflikt bilan ilk to‘qnash kelgan vaqtda qanday qadam-
    lardan foydalanish darkor? 
    2. Konfliktga faol munosabat muammoga nisbatan qanday 
    munosabatni talab etadi? 
    3. Konfliktlarni boshqarish usullari insondan qanday malaka-
    larni talab etadi? 
    4. Konfliktlarni boshqarish usullarini sanang va izohlang. 
    5. Konfliktlarni boshqarish usullarining afzallik va kamchilik 
    tomonlarini yoritib bering. 
     
    15-mavzu. KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA 
    “MEN-TASDIQLAR (MEN-MUROJAAT)” USULI 
     
    Reja: 
    1. Konfliktli vaziyat yuzaga kelgan emotsional tang holat. 
    2.«Sen-tasdiqlar»ning umumiy maqsadlarning buzilishi va 
    uzilishiga olib kelishi. 
    3.“Men-tasdiqlar” konflikt sharoitida o‘zaro muloqotning 
    eng samarali, eng effektiv usullaridan hisoblanishi. 
    Tayanch 
    tushunchalar: 
    men-tasdiqlar, 
    muammo, 
    emotsional tang holat, sovuqchilik, ta’na, nohaqlik, his-tuyg‘u, 
    meni tushunmadi, aybdorman, aybimga iqrorman, kek saqlash, 


    145 
    o‘zini oqlash, men-murojaat, azoblamoq, xavotir, konfrontatsiya, 
    olishuv, psixologik va emotsional to‘qnashuv. 
    1. 
    Konfliktli vaziyat yuzaga kelgan emotsional tang holat-
    dan ko‘pchilik aybni boshqalarga yuklash, “ular meni tushun-
    madi” qabilida ish tutish, o‘zgalarning so‘zlari va harakatlariga 
    osilish, kek saqlash, o‘zini oqlash kabi amallar orqali chiqishga 
    urinadi. Juda ko‘p hollarda kichkina, oddiygina konflikt ham eng 
    yaqin bo‘lgan do‘stlarni, hamkasblarni, shu bilan bir qatorda, 
    oiladagi yaqinlarni bir-biriga qarshi qilib qo‘yadi. Masalan, «Sen 
    hech qachon meni eshitmaysan. Qachon qarasa telefonda gap 
    sotasan. Hech qachon menga e’tibor berib, meni xotirjam eshit-
    maysan. Faqat o‘zing haqingda o‘ylaysan...” 
    “Sen o‘zgarishing kerak. O‘zgarmasang, bir kun kelib do‘st-
    larsiz qolasan. Men senga kerak emasman, shuning uchun bor 
    boshqa ogayni top!» 
    «Sen faqat o‘zingni gapingni uqtirganing-uqtirgan. Hey, 
    boshqa odamlar ham bor. Bizda ham aql bor. Faqat sening 
    aytganing bo‘lishi kerak. Bor, bilganingcha hal qil!». 
    “Sen ham mundoq kursdoshlarga o‘xshab, darsda faol 
    ishtirok etsang-chi. Darsdasan-u, xayollaring qayda, bilmayman. 
    Nimani o‘ylayapsan ayni payt-da...”. 
    “Siz faqat o‘zingizning ishlaringiz bilan ovorasiz. Boshqa-
    larning ishi, fikri sizni qiziqtirmaydi. Boshqalarga hech narsa 
    kerak ham emas. Siz – yuqoridasiz, biz – pastda...”. 
    “Siz meni yugurdak qilib olgansiz. Falon narsani qilib kel, 
    piston narsani olib borib ber... Men ham odamman. Mening yo-
    shim ham anchaga borib qoldi. Haligacha – yugurdakdek muo-
    mala qilasiz. Sizdan kichik bo‘lsam nima bo‘libdi, boring 
    o‘zingiz qiling o‘sha ishlaringizni...”. 
    Bunday gaplar sizga biror hodisani eslatmaydimi? Sizni biror 
    kim nohaq ayblasa yoki siz to‘g‘ringizda yomon fikrga borsa, 
    sizga yoqadimi?! Necha bor siz hayotingizda «Sen har doim...», 
    «Sen hech qachon...», «Sen majbursan...», “Sen qilishing kerak” 
    kabi ta’nalarni eshitgandirsiz. Bu narsalar ko‘p marta asabingizni 
    buzgan bo‘lishi mumkin. 


    146 
    Aytilganlarga diqqat bilan qarasangiz, ko‘p marta «sen» 
    degan so‘zni ko‘rasiz, «sen undaysan, sen bundaysan, sen – usan, 
    sen – busan...» kabi ta’nalardan har qanday “yaxshi” odam ham 
    oxir-oqibat charchaydi. 
    O‘zbeklarda bir maqol bor. “Qurbaqani bossang, u ham oxir 
    “vaqillaydi”. Ruslarda boshqa maqol bor: “Agar odamga xadeb 
    “cho‘chqasan” deb aytaversang, u oxir xurillab yuboradi”. 
    Odatda odamni xadeb “sen”larga ko‘mib tashlasangiz, u 
    “yaxshiroq” bo‘lib, tarbiyalanib bormaydi, aksincha, sizga teskari 
    bo‘lib, aytganingizni qilmay qo‘yadi. Mana shunday «sen-
    tasdiqlar» ko‘pincha sovuqchilik tushishiga, tahdidga yoki 
    birovni besabab ayblashga olib keladi.

    Download 3 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish