Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/79
Sana04.06.2024
Hajmi3 Mb.
#259988
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79
Bog'liq
pedagogik konfilikt

Faol tinglash malakasi.
Tinglashga tayyorlik. Konfliktli 
vaziyatning o‘ziga xosligi har ikkala tomon uchun ham his-
tuyg‘ularning beqiyos darajada o‘sganligi bilan xarakterlanadi. 
Inson esa, eng avvalo, o‘z his-tuyg‘ulariga quloq solishga odat-
langan bo‘ladi. Inson uchun uning ichki “meni” azizroq bo‘ladi. 
Ammo hamma ham o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri anglaydimi? Ularni 
to‘g‘ri «talqin” (rasshifrovka) qiladimi? Bu – muhim savol. 
Ikkinchidan, konfliktdagi muammoni anglash uchun faqat o‘zin-
gizning o‘ylaringiz, fikrlaringiz, emotsiyalaringiz, shuningdek
mushohadalaringiz, ya’ni argumentlaringiz yyetarli bo‘ladimi? 
Shu bois, koiflikt yechimi har ikkala tomondan faol tinglash, 
o‘zgani eshitish, uning o‘ylari, fikrlari, emotsiyalari, mushoha-
dalari qandayligini bilishni talab etadi. Muammoni aniq belgilash 
va uning chegaralarini buzish uchun o‘z opponenti fikr va 
o‘ylari, hissiyotlarini to‘g‘ribelgilash lozim. Opponent fikrlarini 
bilish esa faol tinglash, opponet fikrlarini to‘g‘ri baholay olish va 
talqin qilish opponent qarashlarini anglash orqaligina ta’min-
lanishi mumkin. 
Faol tinglash ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. 
Ularni shaxs o‘zida tarbiyalashi lozim. Faol tinglashning o‘z 
tartib va qonuniyatlari mavjud. Ochiq chehralik, samimiylik, 
mushohadalik, bosiqlik, vazminlik, argumentlarni ochiq va asosli 
bayon qilish, birovni ayblamay gapirish, mehrli bo‘la olish, 
gaplashganda chetga qarab turmaslik, ko‘zni olib qochmaslik, 
samimiy va ochiq nazar bilan qarash, tahdid soluvchi harakatlar 
va so‘zlardan o‘zini tiyish, muloqotga tayyorlikni ko‘rsatish, 


176 
soxta xushomaddan o‘zini tiyish, piching va istehzodan mutlaqo 
foydalanmaslik, birovni kamsitmaslik, o‘zini katta olmaslik 
kabilar ana shunday tartib-qoidalardan hisoblanadi. 
L.Feyerbax “Insonni bilish uchun uni sevish kerak” deb 
aytgan. Agar opponentingiz sizga qo‘pol muomala qilsa ham, siz 
uning qo‘polliklariga bosiqlik va hurmat bilan munosabat bildir-
sangiz, uning o‘zi uyalib qoladi, chunki hech kimsa o‘zining qal-
bida “men - madaniyatsizman” deb tan olgisi kelmaydi, hamma 
“yaxshi odam” bo‘lishga intiladi. Siz bilan gaplashayotgan, o‘z 
dardu hasratini aytayotgan odamdan yuzingizni teskari qilib, bee’ti-
bor, esnab, yuzingizni boshqa tomonga burib gaplashsangiz, bu 
odamni inson va do‘st sifatida o‘zingizdan uzoqlashtirgan bo‘lasiz. 
Ba’zan odamga uning so‘zlarini eshitganingizning o‘zi kifoya 
qiladi. Siz uning so‘zlarini diqqat bilan eshitganingizning o‘zi 
uning qalbidagi barcha gina va qudratlarni yuvib ketadi. Oradagi 
mavjud emotsional tanglik holati yo‘qotiladi. Birovni eshitish - 
juda muhim fazilat va zarur hislatdir. Birovni eshita olish qobili-
yati - insonning komil shakllanganlik belgisidir. Chunki egoist 
odamlargina faqat o‘ziga quloq soladi. Boshqa, sizga qarama-
qarshi bo‘lgan tomonning fikrini, uning gaplarini bo‘lmasdan va 
baholamasdan, shuningdek, uning so‘zlaridan ayb qidirmasdan, 
uni tahqirlamasdan diqqat bilan eshitish va tinglash, o‘zingizni 
uning o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat qilish konflikt yechimini 
topish tartiblaridan hisoblanadi. D.I.Pisarev bu haqida shunday 
degan: “Birovni tushunmoq uchun o‘zingni uning o‘rniga qo‘yib 
ko‘rmog‘ingiz, uning sevinchi va dardini his qilmog‘ingiz lozim”.
Ikki tomonning suhbati va muloqoti konfliktli vaziyatlarda 
birdaniga va o‘zicha yuzaga kelmaydi. Muzokara olib borish ikki 
tomondan ham muloqotga tayyorlikni talab etadi. Muloqot 
jarayoni ham birdaniga tinch va osuda kechmaydi. Bunga harakat 
qilmoq va yuqoridagi talablarni bajarishga moyiillik darkor 
bo‘ladi. Shu bois, lozim bo‘lgan o‘rinlarda, o‘zingizning nohaq 
ekanligingizni tan olishga tayyor bo‘lish kerak. Chunki konflikt 
yechimi ayyorlikni ko‘tarmaydi, uning muhim qonuniyatlaridan 
biri – samimiy bo‘lishlikdir. 


177 

Download 3 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish