Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana04.06.2024
Hajmi3 Mb.
#259988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
pedagogik konfilikt

Uyg‘onish davri. 
Uyg‘onish davri mutafakkirlarining ziddiyat muammosiga 
oid qarashlarining muhim xususiyati shundaki, ular qadimiy 
yunon falsafasining inson ongining buyukligi haqidagi g‘oyasini 
yanada yuqori darajada rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning 
atrofimizdagi dunyoni bilishda roli, inson muammolarini idrok 
etishni diniy ong kuchidan xalos qilish haqidagi fikrlari 
muhimdir. 
Ushbu davrning taniqli mutafakkirlari - Nikolas Kusanskiy 
(1401-1464), Nikolaus Kopernik (1473-1574), Jiordano Bruno 
(1548-1600), Nikkolo Makiavelli (1469-1527) qarashlarini tahlil 
qilish muhimdir. Ularning aksariyati cherkov tomonidan 



qatag‘onlarga uchraganligi sababli, u bilan keskin ziddiyatda 
bo‘lgan. Shu bilan birga, ular insonning kuchiga, uning ongi va 
uyg‘unligiga, 
ijtimoiy 
ziddiyatlarni 
yengish 
qobiliyatiga 
ishonishgan.
Zamonaviy mutafakkirlar va ma’rifatparvarlarning konflikto-
logik qarashlarini tahlil qilganda, o‘sha davrning ijtimoiy-
madaniy sharoitlari va ijtimoiy tartibini tushunish muhim-
dir. Avvalo, bu nafaqat kuchli iqtisodiy, balki Yevropa mamla-
katlarida ham alohida madaniy yuksalish davri edi. Bularning 
barchasi atrofdagi, dunyodagi hodisalarni bilishga, shu jumla-
dan, ziddiyatlarni o‘rganishda tizimli yondashish uchun zarur 
shartlarni 
yaratdi. Ko‘rib 
chiqilayotgan 
davrdagi mojaroga 
oid eng xarakterli qarashlar Frensis Bekon (1561-1626), Tomas 
Xobes (1588-1679), Jan-Jak Russo (1712-1778), Adam Smit 
(1723-1790) asarlarida mavjud edi. Xususan, F. Bekon birin-
chilardan bo‘lib mamlakat ichidagi ijtimoiy ziddiyatlarning 
sabablarini tahlil qilishda tizimli yondashuvni qo‘llagan. Ushbu 
ma’noda T. Xobesning jamiyatning tabiiy holati haqidagi 
«hamma hammaga qarshi urush» degan tushunchasi qiziq. 19-
asrning birinchi yarmi. Konfliktologik fikrlar rivojlanishining 
ushbu bosqichida klassik nemis falsafasi vakillari - Immanuil 
Kant (1724-1804), Georg Gegel (1770-1831), Lyudvig Feyerbax 
(1804-1872) va boshqalarning qarashlari alohada ahamiyatga 
ega. XIX asrning birinchi yarmidagi taniqli mutafakkirlarning 
qarashlariga murojaat qilgan holda, ularning o‘sha davrning eng 
keskin 
ijtimoiy 
muammolari 
haqidagi 
chuqur 
falsafiy 
mulohazalariga e’tibor qaratish lozim. Xususan, bu urush va 
tinchlik muammosi edi. Bu borada I.Kant («Abadiy tinchlik 
to‘g‘risida»), G.Gegel («Urush to‘g‘risida xalqlarni axloqiy 
tozalash vositasi sifatida») va boshqalarning g‘oyalari qiziq.

Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik konfliktologiya f. M. Qo ‘ chqarova pedagogik

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish