10
1 Hozirga kelib, juda katta ziddiyat muammosi to‘g‘risida
ma’lumot to‘plandi. Bu o‘tgan davrlarda
taniqli mutafakkirlari-
ning qarashlarida mavjud edi.
2 Bu vaqt eng kuchli ijtimoiy qo‘zg‘alishlar - urushlar, iqti-
sodiy
inqirozlar, ijtimoiy inqiloblar va boshqalar bilan ajralib
turardi. Bularning barchasi chuqur ilmiy tahlilni, ijtimoiy muam-
molarni o‘rganishda yangi nazariy yondashuvlarni talab qildi.
3 Bu davrda ijtimoiy bilishning inson imkoniyatlarini tubdan
o‘zgartirgan bir qator yangi fanlar va tushunchalar paydo bo‘ldi.
Nazorat uchun savollar:
1. Konfliktologiyaning mohiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni va
vazifasi qanday?
2. Pedagogik konfliktologiyaning
maqsad va vazifalari,
obyektini tushuntiring.
3. Qadimgi davrlarda konfliktli vaziyatga qanday yondashuv-
lar bo‘lgan?
4. O‘rta asrlar va keyingi davrlarda konfliktologiya bo‘yicha
kimlarning fikrlari mavjud?
5. Hozirgi davr konfliktologiyasi haqida nimalarni bilasiz?
2-mavzu. PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYANING
FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA RIVOJLANISHI
Reja:
1. Pedagogik konfliktologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
haqida.
2. «Konflikt», «ijtimoiy konflikt», «pedagogik konflikt» tu-
shunchalari fanning asosiy ildizlari ekanligi.
3. Vujudga kelish xarakteriga ko‘ra konfliktli holat va
insidentning to‘rt turi haqida.
4. Ichki konfliktlar (guruh, tashkilot, jamiyatdagi) vazifalari.