“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Muhokamalar va natijalar. 
Rossiya davlatida poytaxt universitetlar boshqa universitetlar uchun 
uslubiy rahbarlik va kadrlar bilan ta’minlash funksiyalarini bajargan. Universitetlar ishlab chiqarish 
jarayoniga qurilgan. Ushbu guruhda uchta kichik tipdagi universitetlar ajralib turardi [3]. Bular: 
1. Ixtisoslashtirilgan universitetlar - Sovet sanoat klasterlarining bir qismi (masalan, Qozon aviatsiya 
instituti). 
2. Markaziy ixtisoslashtirilgan universitetlar (Moskva poʻlat va qotishmalar instituti). 
3. Tarmoq sanoat universitetlari (temir yoʻl universitetlari). 
4. Fan uchun kadrlar tayyorlaydigan klassik universitetlar va boshqa universitetlar. 
Oliy ta’lim rejalashtirilgan boshqarish talabalar oʻrinlari taqsimlash va ularni ma’lum bir sanoat 
tarmoqlari yoki hatto aniq zavodlar ehtiyojiga muvofiq moliyalashtirishga asoslangan boʻlib, bitiruvchilarni 
ish haqi nazorati bilan ish joylariga joylashtirish bilan ta’minlangan. Universitetlari esa 28 ta vazirlikning 
yuridistikasi ostida edi. Ilmiy tadqiqot va ilmiy ishlanmalar, asosan, Fanlar akademiyasi institutlari tarkibida 
amalga oshirildi va kamdan-kam universitetlar tadqiqot funksiyalarini amalga oshirdi. 
Rossiya Federatsiyasining 1992-yil 10-iyuldagi 3266-1-sonli “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni oliy ta’lim 
bilan ta’minlashni koʻpaytirish uchun huquqiy shart-sharoitlarni yaratdi, ta’lim muassasalariga moliyaviy-
xoʻjalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqini berdi. Oliy oʻquv yurtlariga byudjetdan 
tahqari mablagʻlarni, pullik talabalar orqali jalb qilish huquqi berildi. 
Moldova Respublikasi uchun ta’lim milliy ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning asosiy jihatlaridan aholining qoniqish darajasini belgilovchi reytinglarda yuqori oʻrinlardan birini 
egallaydi. Moldova Ta’lim vazirligining siyosati alohida ta’limga muhtoj bolalarni an’anaviy maktablarga 
integratsiyalashga qaratilgan boʻlsa-da, inklyuziv ta’lim mummosi hamon dolzarb boʻlib qolmoqda. Shu 
bilan birga, oliy ta’lim muassasalari ham, alohida ta’limga muhtoj shaxslar uchun ham yetarli darajada 
moslashtirilmagan. Ularda oʻquv binolari, maxsus ta’lim texnologiyalari va talabalarga yoʻnaltirilgan ta’lim 
dasturlari ham mavjud emas. 
Ozarbayjon ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi ta’lim va uning sifati toʻgʻrisida 
xabardorlik darajasini oshirishdir [4]. Ta’limning jamiyatga ta’siri juda katta, murakkab belgilovchidir. 
Ta’lim sohasidagi islohotlar ta’lim tizimini oʻzgartirish, ta’lim muassasasalarini mustahkamlash, ta’lim 
sohasiga rahbarlik qiluvchilarning bilimi, tajribasi va irodasini uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatadi. 
Ozarbayjon aholisining bilim bazasi va malakasini oshirishning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqsadga 
erishish uchun inson kapitalini rivojlantirish, makro iqtisodiy boshqaruvni toʻgʻri yoʻnaltirilgan tarkibiy 
oʻzgarishlar, ishlab chiqarish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hisobga olinishi zarur. Barqaror 
rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda ta’lim sohasining muhim rolini hisobga olib, Ozarbayjon 
1999-yilda Ta’limni isloh qilish dasturini tasdiqladi[4]. 
Ozarbayjon ta’lim tizimini ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarga yoʻnaltirilgan investitsiyalar, 
shuningdek, texnologik innovatsiyalardan foydalanish asosida shakllantirish natijalarini tahlil qiladigan 
boʻlsak, bugungi kunda biz ancha ortda qolayotganiga guvoh boʻlamiz. Mamlakatda ta’limni isloh qilish 
dasturining asosi boʻlgan yangi milliy oʻquv dasturini joriy etish boshlandi. Ta’limning jamiyatga ta’siri 
katta, murakkab va belgilovchidir. Ozarbayjon Prezidentining 2011-yil 29-noyabrdagi “Ozarbayjon-2020 
taraqqiyot konsepsiyasini tayyorlash toʻgʻrisida: kelajakka nazar” Qarorida respublikani innovatsion 
iqtisodiyot orqali rivojlantirish koʻzda tutilgan. Ozarbayjon oliy ta’lim tizimi tub islohotlarga muhtoj. 
Islohotlar rejasi Ozarbayjon Respublikasining 2008-2012-yillarga moʻljallangan oliy ta’lim tizimini isloh 
qilish Davlat dasturida oʻz aksini topgan.Ta’kidlash joizki, Ozarbayjonda oliy ta’lim muassasalariga qabul 
qilish darajasi pastligicha qolmoqda. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
66 
Shunday qilib, badavlat qatlamdan boʻlgan aholining qabul darajasi, umuman olganda, quyi qatlamdan 
boʻlgan Ozarbayjonning oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish darajasidan ikki baravar yuqori. Globallashib 
borayotgan dunyoda yoshlardan tortib keksalargacha butun Ozarbayjon aholisining bilim va koʻnikmalarini 
rivojlantirish uchun ta’lim tizimida shoshilinch islohotlarni amalga oshirish zarur. Globallashuv bilim va 
axborot olamida ta’limni fansiz, ayniqsa, uning fundamental qismisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ozarbayjon 
ham kelajakda talabalarni xorijiy universitetlar va xususiy ta’lim kompaniyalariga talabalarni jalb etish 
masalasini koʻrib chiqishi kerak. 
Qirgʻiziston Respublikasida mustaqillikdan keyin ta’lim tizimida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. 
2003-yilning yanvar oyida Qirgʻiziston Respublikasining ilmiy va ta’lim muassasalariga kirishni 
ta’minlashga qaratilgan “Virtual ipak yoʻli” xalqaro loyihasini amalga oshirish boshlandi. “Qirgʻiziston 
Respublikasini rivojlantirish boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” 2002-yil 10-martda 
tasdiqlangan kadrlar salohiyatini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga bagʻishlangan boʻlimda quyidagi 
yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlar koʻzda tutilgan: 
1. Axborotlashtirish ta’lim va bilimlarni boshqarish, kompyuter savodxonligining universal minimal 
darajasini ta’minlash, barcha darajadagi ta’lim muassasalarida informatika fanini oʻqitishning ta’lim 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻqitishning kompyuterlashtirilgan texnologiyalarini joriy etish. 
2. AKT sohasining kadrlar salohiytini, kadrlar salohiyatini rivojlantirish koʻp bosqichli kasbiy ta’limni 
rivojlantirish, axborot mahsulotlari va elektron sanoatini rivojlantirish. 
3. Kattalar ta’limida AKTdan foydalanish, AKTga asoslangan masofaviy ta’lim tizimlarini, elektron 
darsliklar va kompyuter ta’lim tizmilarini yaratish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash. 
Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga koʻra, Qirgʻizistonda 50 dan ortiq oliy oʻquv yurtlari mavjud 
boʻlib, ularda 243 ming talaba tahsil oladi. Oliy ta’lim tizimi 51 ta, ulardan 33tasi davlat va 18 tasi xususiy. 
Deyarli barcha universitetlar internetga jumladan, “ANKET” ilmiy va ta’lim kompyuter tarmogʻiga ulangan. 
Qirgʻizistonda “Masofaviy ta’lim tarmogʻi” loyihasi amalga oshirilgan boʻlib, uning maqsadi 
Qirgʻizistonning chekka hududlarida masofaviy ta’limni joriy etishdan iborat. Institut va uning filiallarida 
kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida talabalani masofaviy texnologiyalar bilan tayyorlash boshlandi. 
Armaniston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi 2010-yil fevral oyida “Oliy va oliy oʻquv yurtidan 
keyingi ta’limda masofaviy ta’limni qoʻllash toʻgʻisida”gi Nizomni tasdiqladi. Arman universiteti sifatli 
ta’limni kafolatlaydi va eng yangi usul va materiallardan foydalanadi. Mamlakatning yetakchi 
universitetlarida ta’limning asosiy vositasi internet resurslaridan foydalanishni sinfda oʻqitish elementlari, 
ularning tashkiliy-texnik yechimlari, oʻquv materiallari, oʻquv uslubiy ta’lim tizimi bilan uygʻunlashtirishga 
asoslangan aralash modelga aylanib bormoqda.Oʻquv-uslubiy majmualar talabalarning mustaqil ta’limini 
ta’minlaydigan tarkibiy qismlardan - ma’ruzalar matnlari, topshiriqlar, lugʻatlar, oʻquv materiallarni 
sharhlaydigan kompyuter taqdimotlaridan tuziladi. 
Xulosa
qilib shuni aytish joizki, MDH davlatlarida, ya’ni Oʻzbekistonda oliy ta’lim tizimi yuqori 
darajalarga erishmoqda, ya’ni dunyoda yetakchi universitetlar qatoridan joy olmoqda. Bir qator davlatlarda, 
shuningdek, Moldova davlatida oliy ta’limni xalqarolashtirishga katta e’tibor qaratish zarurdir. Moldova 
davlatida ta’lim tizimi juda past koʻrsatkichda ekanligini koʻrishimiz mumkin. Dunyoning rivojlangan 
mamlakatlaridan biri Rossiyada esa oliy oʻquv yurtlariga byudjetdan tashqari pullik qabul qilish imkoniyati 
va shunga oʻxshash bir qancha afzalliklar berildi. Qirgʻiziston Respublikasida esa mustaqillikdan keyin 
ta’lim tizimida bir qancha jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Buning yaqqol dalili sifatida “Virtual ipak yoʻli” 
xalqaro loyihasidir. Rossiya davlatida poytaxt universitetlar boshqa universitetlar uchun uslubiy rahbarlik va 
kadrlar bilan ta’minlash funksiyalarini bajargan.

Download 2,09 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish