|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
| bet | 10/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)I.Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid ko‘rgazmalarni ko‘rsatish uchun tayyorlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligini ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar bo‘yicha savol-javob o‘tkazilib, o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirganligi aniqlanadi. O‘quvchilar tomonidan uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligi yuzasidan faoliyatlari tahlil qilinadi va o‘tilgan materiallar yangi mavzu bilan bog‘lanadi.
Blits-so‘rovi yordamida o‘tilgan mavzular takrorlanadi.
1. Yer sayyorasi kattaligiga ko‘ra nechanchi o‘rinda turadi? ( 4-o‘rin da)
2. Quyosh sistemasida Yer sayyorasi nechanchi bo‘lib joylashgan?( 3-bo‘lib)
3. Oy Yerning atrofi ni necha kunda bir marta aylanib chiqadi? (27kun-u 8 soatda)
4. Oy o‘zidan nur chiqaradimi? (yo‘q, Quyoshning nurlarini qaytaradi)
5.Quyidagi topishmoqning javobini toping:
Yerning tabiiy yo‘ldoshi,
Oydindagi so‘z boshi. (Oy)
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Multimedia ilovasidan foydalanib, mavzu tushuntirib beriladi.
Yangi mavzuni suhbat-munozara asosida ko‘rgazmali vositalar, xaritadan unumli foydalangan holda quyidagi reja asosida tushuntiriladi:
- odamlarning ilgari Yer haqidagi tasavvurlari;
- buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning bundan ming yillar ilgari Yerning shakli, kattaligi, o‘lchamlari haqidagi ilmiy meroslari;
- Yerning hozirgi zamon olimlari tomonidan aniqlangan o‘lchamlari;
- Yerning ichki tuzilishi;
- Yer yuzasining tuzilishi;
- materiklar, okeanlarni xaritadan ko‘rsatish;
- Oy−Yerning yo‘ldoshi.
Quyidagi topishmoqning javobini belgilariga qarab toping.
U rasmga qarindosh,
Xaritaga yaqinroq.
Yerning shakli modeli,
Cho‘zinchoqmas yumaloq (Globus)
Globus−Yer sharining modelidir.Yer yuzasining tasvirini chizishning odamlar uchun ahamiyati, bu sohada qadimdan olib borilgan ishlar, globusning yaratilishi, bobokalonimizAbu Rayhon Beruniy yasagan birinchi globus haqida o‘qituvchi hikoyasi tashkil etiladi.
Globusning turlari haqida gapirilganda tabiiy, geografi k va siyosiy-ma’muriy globuslardan namunalar ko‘rsatiladi.
Masshtab haqida gapirilganda esa masshtablari 1:30 000 000,
1:50 000 000 va 1:80 000 000 bo‘lgan globuslardan namunalar
ko‘rsatiladi. Ular asosida shartli belgilar haqida tushuncha beriladi.
|
| |