• Tushunchalarni izohlang” didaktik mashq o‘tkaziladi.
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet11/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
    O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik guruhlar
    tashkil etiladi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi avvaldan tayyor-
    langan savollar yozilgan topshiriqlarni tanlab olgach, guruh a’zolari avval yakka o‘zlari berilgan savolga javob topadi. Keyin guruh a’zolari bilan birgalikda o‘zaro muhokama qilib, guruhdan bitta o‘quvchini topshiriqning taqdimot qilinishiga saylashadi va bajarilgan ish taqdimot qilinadi.
    Har bir guruhning taqdimoti eshitiladi, o‘qituvchi tomonidan
    o‘quvchilarning faoliyatlari kuzatiladi, javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.
    Tushunchalarni izohlang” didaktik mashq o‘tkaziladi.
    Topshiriqlarni yangi mazmuni o‘rganilgan mavzu rejasiga asosan
    quyidagicha tuzish mumkin:
    1-guruh: Yer haqidagi bilimlarning to‘planib borishi.
    2-guruh: Yerning shakli, kattaligi, o‘lchamlari.
    3-guruh: Yerning ichki tuzilishi.
    4-guruh: o‘quv atlasi va Yarimsharlar xaritasi asosida Yer yuzining
    tuzilishini tushuntirish.
    5-guruh: Yerning tabiiy yuldoshi − Oy haqidagi ma’lumotlar.
    Shu tushunchalarni izohlab berishlari kerak. O‘quvchilarning javoblarini tekshirib, qo‘shimcha ma’lumotlar berish topshiriladi.
    Amaliy ish quyidagicha tashkil etiladi.
    Har bir guruhga bittadan globus berilib, globuslarning shartli belgilari, yozuvlarni o‘qib, okeanlar, dengizlar, materiklar,yirik tog‘lar, daryolarni nomini topib, daftarlariga yozib olish asosida amaliy ish tashkil etiladi. Belgilangan vaqt ichida berilgan topshiriqni bajargan guruhlarning har biridan bir o‘quvchi chiqib, guruhning ishlarini taqdimot
    qiladi.
    Savol va topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning bilimlari umumlashtiriladi.
    1. Globusda tasvirlangan qutblarni, qutbiy doiralarni toping.
    2. Globusda ekvatorni, tropik chiziqlarni ko‘rsating.
    3. Globusda havorang bilan nimalar tasvirlangan?
    4. Pasttekisliklar qanday rangda tasvirlanadi?
    5. Daryolar qanday rangda tasvirlangan?
    Mustahkamlovchi test topshiriqlari ekran orqali namoyish etiladi.
    1.Yer sharining diametri necha kilometr?
    a) 12800 km.; b) 40000km.; d) 18200 km.; e)143000 km.
    2. Yer sharining ichini necha qismga ajratish mumkin?
    a) uch qismga; b) to‘rt qismga; d) ikki qismga; e) besh qismga.
    3. Yerning birinchi qismi qanday ataladi?
    a) Yer sharining yadrosi; b) Yer sharining mantiyasi;
    d) Yer sharining po‘sti; e) Yerning diametri.
    4. Yer po‘sti nimalardan tashkil topgan?
    a) foydali qazilma; b) temir va boshqa moddalar;
    d)temir, nikel va boshqalar; e) ohaktosh, neft va boshqalar.
    5.Globusning qoq o‘rtasidan o‘tkazilgan aylana nimani bildiradi?
    a) ekvator; b) aylanish o‘qi; d) modeli; e) Yer sharining qutblari.
    O‘quvchilarining javoblari baholanadi va mustahkamlanadi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.