|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 13/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)III. Yangi mavzuni tushuntirish:
O‘quvchilarning savollarga bergan javoblari tahlil qilinadi. O‘qituvchi yangi mavzu yuzasidan globus, Yarimsharlar, tabiiy xaritasi hamda o‘quv atlasidan foydalanib mavzuni yoritadi. Mavzuga oid ma’lumotlar beriladi.
O‘rganiladigan mavzu quyidagi reja asosida tushuntiriladi:
- Yerning Quyosh atrofi da aylanishi,
- yil fasllarining hosil bo‘lishi,
- yil fasllarida Quyoshning holati,
- Yer yuziga Quyosh nurining kelib tushishi natijasida issiqlik mintaqasi, sovuq mintaqalarning ajralishi.
Darslik bilan ishlash
Darslikdagi 16-17 rasmlar bilan ishlanadi.
O‘qituvchi topishmoq yordamida kabisa yilini tushuntirib beradi.
Bahorjonga u eshik ochar,
Har to‘rt yil qish faslida
Bu qanday yil ayt-chi, Nafi sa?
Buning nomi aytsam...... (Kabisa yili)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Kun va tun hamda yil fasllari haqida videolavha namoyish etiladi.
O‘quvchilarning fi kr va mulohazalari so‘raladi, shular asosida
suhbat tashkil qilinadi.
O‘rganiladigan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalari aniqlash uchun avvaldan o‘qituvchi tomonidan “Tushunchalar tahlili” usulidan foydalanib, o‘quvchi soniga mos holda
tayyorlangan vazifalar tarqatiladi.
Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
1. Yerning Quyosh atrofi dan aylanishida nechta holatni kuzatish mumkin?
a) 4 holat; b) 3 holat; d) 5 holat; e) 2 holat.
2.Yer sayyorasi Quyosh atrofi ni bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?
a)12 yilda; b) 365 sutka, 6 soat;
d) 368 sutka, 5 soat; e) 365 sutka, 5 soat.
3. Yer sharining o‘z o‘qi atrofi da aylanishidan nimalar almashinadi?
a) sutka almashinadi; b) kun va tun almashinadi;
d) yil fasllari almashinadi; e) hafta almashinadi.
4.Quyosh nurlari ekvatorning yuqori va past qismi birday yoritilganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?
a) bahor; b) qish;
d) yoz; e) kuz.
5. Quyosh nurlari ekvatorning yuqori qismini ko‘proq yoritganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?
a) yoz; b) bahor;
d) qish; e) kuz.
|
| |