|
- d a r s
UFQ VA UNING TOMONLARI
|
bet | 15/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)9 - d a r s
UFQ VA UNING TOMONLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga ufq, ufq tomonlari va ularni aniqlash hamda kompasdan foydalanish haqida ma’lumot berish;
TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni tabiatga nisbatan sinchkov, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ufq tomonlarini mahaliy belgilar, kompas yordamida aniqlash malakalarini va mavzuasosidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK1: Ufq, uning asosiy tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: tushuntirish, suhbat-munozara, atlas bilan ishlash, mustaqil ishlash asosida baholash, kichik guruhlarda ishlash, rag‘batlantirish.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, kompas, mavzuga doir rasmlar, o‘quv atlasi, slaydlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish, o‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid ko‘rgazmalarni ko‘rsatish uchun tayyorlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligini ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar bo‘yicha savol-javob o‘tkazilib,
o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirganligi aniqlanadi. O‘quvchilar tomonidan
uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligi yuzasidan faoliyatlari tahlil qilinadi.
O‘quvchilardan yil fasllari haqida topishmoqlar so‘raladi.
Ular kichik guruhlarda topishmoqlar topib, navbat bilan aytadilar.
Meni so‘rashadi, kelsam qochishadi. 1. (Yomg‘ir)
2.O‘zi tanho-yagonadir,
Tabiatga chin onadir.
Tilla barkash yarqiraydi,
Baxt ulashib charaqlaydi. . (Quyosh
3. Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,
O‘zi yo‘q, ovozi bor.
(Momaqaldiroq)
4. Oyog‘i yo‘q – qochadi,
Qanoti yo‘q – uchadi. (Shamol)
O‘quvchilarning javoblari “O‘z-o‘zini baholash” usulidan foydalanib, umumlashtiriladi.
|
| |