|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 23/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)III.Yangi mavzuni tushuntirish:
O‘qituvchi o‘quvchilarga topishmoq aytib, mavzuga kirish suhbatini tashkil etishi mumkin.
Shahari bor, odami yo‘q, Daryosi bor, suvi yo‘q. (xarita)
1)Xarita nima?
2) Unda nimalarni ko‘rishimiz mumkin?
3)Nima uchun xarita kerak?
Slaydlar yordamida tushunchalar namoyish etiladi.
Xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar – o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Xaritalar 4 ta asosiy belgisiga ko‘ra, ya’ni xaritada tasvirlangan
hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan
maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi.
Tasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: dunyo va yarimsharlar,
materiklar va okeanlar hamda ularning qismlari, tabiiy o‘lkalar va ularning qismlari, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi.
Xarita − yer yuzi yoki ayrim qismlarning kuchaytirilgan yassi tasviridir.
Yarimsharlar xaritasi−Yer shari sirtining ikkiga bo‘lingan doira shaklidagi tasviri. Ular ikkita – g‘arbiy yarimshar, sharqiy yarimsharlar.
Masshtab –bir necha marta kichraytirish. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1:10000 dan 1:200000 gacha), o‘rta masshtabli (1:200000dan 1:1000000 gacha), mayda masshtabli (1:1000000 va undan mayda) xaritalar bo‘ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan(1:5000) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi.
Globus− Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo‘lmaydi, shuning uchun undagi turli geografik obyektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi.
Yunon olimi Pifagor (eramizdan avvalgi VI asr) ning Yer shar shaklida degan fikriga
asoslanib, yunonistonlik Krates (er.av.II asr) birinchi globusni yasagan. O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y.) Shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Birinchi mukammalroq geografik globusni 1492-yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886-yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda.
|
| |