• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY XARITASI Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
  • Dars jihozlari
  • II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet25/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    V.O‘quvchilarni baholash:
    Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar, guruhlarning javoblari tinglanib,
    ballari e’lon qilinadi, baholanadi va rag‘batlantiriladi.
    VI. Uyga vazifa berish:
    Yozuvsiz xaritani bo‘yash, savollarga javob yozish, 35-39 betlarni ifodali o‘qish


    13 - d a r s
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY XARITASI
    Darsning maqsadi:

    1. ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, O‘zbekiston joylashgan hudud, O‘zbekiston hududi yer yuzasining xaritalardagi tasviri,

    FK4: O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlar, O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi, shartli belgilar haqida umumiy ma’lumotlar berish;

    1. tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanimiz hududining xaritalardagi tasviri, unga qo‘shni davlatlar, mamlakatimiz hududining ma’muriy tuzilishi;

    TK5: davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
    d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning xaritalar, o‘quv atlasi, amaliy ishlar daftari bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
    TK6: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish,
    FK4: O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan asosiy tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlay oladi.
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi
    Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, mustaqil ishlash, xarita bilan ishlash, “Kim chaqqon va zukko” didaktik mashqi.
    Dars jihozlari: Yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy-ma’muriy xaritalari, o‘quv atlasi, darslik, multimedia ilovasi.
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    O‘quvchilar davomoti aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat
    qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid xaritalarni tayyorlanadi.
    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligini ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar bo‘yicha savol-javob o‘tkazilib, o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirganligi aniqlanadi. O‘quvchilar tomonidan uyga berilgan topshiriqlarning ajarilganligi yuzasidan faoliyatlari tahlil qilinadi.
    Quyidagicha test topshiriqlari beriladi, o‘quvchilar test topshirig‘ini daftarlariga yozib olishlari mumkin.
    1.Yer yuzasdagi barcha narsalar xaritada nimalar yordamida tasvirlanadi?
    a) masshtab yordamida; b) ranglar va shartli belgilar yordamida;
    d) suratlar yordamida; e) sonlar yordamida.
    2. Xaritalar mazmuniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
    a) tabiiy; b) siyosiy – ma’muriy; d) mavzuli; e) a, b, d javoblar.
    3. Xaritada suvliklar qanday tasvirlanadi?
    a) qora rangda; b) sariq va yashil ranglarda;
    d) havorang bilan; e) qizil rangda.
    4. Xaritada quruqliklar qanday tasvirlanadi?
    a) qora rangda; b) havorang bilan;
    d) qizil rangda; e) yashil, sariq va jigarrang-qizil ranglarda.
    5. O‘zbekistonning tabiiy xaritasi xaritalarning qaysi turiga kiradi?
    a) siyosiy-ma’muriy xaritalar turiga; b) mavzuli xaritalar turiga;
    d) tabiiy xaritalar turiga; e) o‘quv xaritalari turiga.
    Test topshiriqlari, o‘quvchilar javoblarini mustahkamlab, rag‘batlantiriladi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.