• IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet33/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Yer yuzining tuzilishi haqida suhbat tashkil etiladi.
    Yangi mavzuga kirish suhbati tashkil qilinadi. Cho‘l bilan tog‘ning farqini ayting. O‘zbekiston hududida tog‘lar mavjudmi? Siz tog‘larni ko‘rganmisiz?
    Yangi mavzu yuzasidan quyidagi reja asosida suhbat-munozara tashkil etiladi:
    1.Tabiiy xaritada tog‘lar qanday tasvirlanadi?
    2.Yer yuzidagi yirik tog‘lar haqida nimalarni bilasiz?
    3.Tog‘ tizmalari nima?
    4.Tog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida o‘rganishni xohlaysizmi?
    Marhamat, darslikdagi matnni o‘qib, bularni bilib olish mumkin.
    Mavzuga oid videolavha yordamida tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan o‘simliklar va hayvonlar o‘rganiladi.

    Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.


    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Yer yuzidagi yirik tog‘lar, tog‘ tizmalari, tog‘ tabiatiga xos bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar haqida savol-javob o‘tkaziladi.
    Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
    1. O‘zbekiston hududining _________ qismi tog‘liklardan ibo rat. (sharqiy)
    2. Qishda ___________ qalin qor yog‘adi. (tog‘larga)
    3. Irmoqlar bir-biri bilan qo‘shilib, ___________ vujudga keltiradi. (daryolar)
    4.Tabiiy xaritada doimiy muzliklar ___ __________ ko‘rsatiladi.(oq rangda)
    5. Tog‘ yonbag‘irlarida toshlar orasida _______ ilon, ________ilon, _______ ilon yashaydi. ( chipor, qora, charx)
    Mozayka” didaktik mashqi o‘tkaziladi.
    Oldindan tayyorlangan shakllar kichik guruhlarga tarqatiladi va yasash topshiriladi. Hosil bo‘lgan o‘simlik, hayvon, qushlariga izoh berishlari tushuntiriladi. Ularning javoblari tekshiriladi va umumlashtiriladi.
    O‘quvchilarning faoliyatlari kuzatiladi, javoblari tahlil qilinadi va baholanadi.
    V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
    Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz? B.B.B usulidan foydalanib, darsdan olgan bilim, malakalari umumlashtiriladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanib, rag‘batlantiriladi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.