|
Kanal – inson tomonidan qazilgan suv yo‘li.
Ko‘l
|
bet | 29/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)Kanal – inson tomonidan qazilgan suv yo‘li.
Ko‘l – tabiiy ravishda vujudga kelgan chuqurlikda katta miqdordagi suv to‘planishidan hosil bo‘lgan suv havzasi.
Suv ombori – to‘g‘onlar yordamida suvni yig‘ish va saqlash uchun
qurilgan suv havzasi.
Darslikdagi 28-rasmda o‘lkamiz daryo va ko‘llarida yashovchi baliqlar haqida ma’lumot beriladi.
Bu qiziq!
Baliqlar sayyoramizdagi eng qadimgi jonzotlardan biridir. Baliqning dumi rul vazifasini bajaradi.
Ko‘k kit Yer yuzidagi eng katta suv jonivoridir. Uning uzunligi - 33,5 metrga (bu birin-ketin qo‘yilgan yettita yengil avtomobil uzunligiga, og‘irligi esa 210 tonnadir bu 30 ta avtobusning og‘irligidan ortiq demakdir).
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarga test savollari beriladi.
1. Amudaryo va Sirdaryoning quyilish manbayi?
a) Orol dengizi; b) cho‘llar; d) dalalar; e) tekisliklar.
2. Tabiiy ravishda vujudga kelgan, chuqurlikda to‘planib qolgan
katta miqdordagi suv qanday nomlanadi?
a) daryo; b) dengiz; d) ko‘l; e) irmoq.
3. Yer yuzidagi eng katta ko‘l?
a) Orol dengizi; b) Kaspiy dengizi; d) Baykal ko‘li; e) Yuqori ko‘l
4. Inson kuchi bilan yaratilgan suniy suv havzasi?
a) kanal; b) ariq; d) anhor; e) suv ombori.
5. Dunyodagi eng uzun daryo nomi?
a) Yenisey; b) Ob; d) Nil; e) Sirdaryo.
Quyidagi savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilar bilimlari umumlashtiriladi.
1. Siz yashaydigan hududning yer yuzasi qanday tuzilgan?
2.Siz yashaydigan joyga yaqin qanday tog‘, adir, qir yoki tekislik joylashgan?
3.Siz yashaydigan joy yaqinida ko‘l yoki suv ombori, daryo bormi?
Agar bo‘lsa ularning nomlarini daftaringizga yozing.
4.Quyidagi topishmoqning javobini toping.
Usti tekismas, cho‘qqi va qoyali,
Qir-adirlarga, ulkan soyali. (Tog‘)
V. Dars yakuni va o‘quvchilarni baholash:
Darsda faol qatnashgan va test javoblarini to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
|
| |