|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 26/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Yangi mavzu quyidagi rejaga muvofiq savol-javob, suhbat-munozara asosidagi muloqotlar bilan bayon etiladi:
- Jonajon Vatanimiz joylashgan hudud;
- O‘zbekiton yer yuzasining tuzilishi, shartli belgilar;
- Vatanimizga qo‘shni davlatlar;
- O‘bekiston tarkibidagi viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- O‘zbekistonning tabiiy xaritasi;
- O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi.
Darslik bilan ishlash (Darslikda berilgan matn ustida ishlanadi.)
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzu asosida quyidagi savol va topshiriqlar beriladi, o‘quvchilar bilimi baholanadi.
1.O‘zbekiston hududi nechta viloyat va Respublikaga bo‘lingan?
2. O‘zbekiston hududida joylashgan qanday shaharlarni bilasiz?
3.O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtlari nomini, viloyatlar va ularning markazlari nomini daftaringizga yozing.
“Kim chaqqon va zukko” didaktik mashqi o‘tkaziladi.
O‘quvchilarga oldindan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi xaritasining chizmasi (kichik guruhlar uchun) tarqatiladi. Ular tezlikda aytilgan viloyatning chizmasini chizib, yopishtirishlari zarur. Birinchi va to‘g‘ri bajargan guruhlar rag‘batlantiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini ochiq rangli qalam
bilan ajralib turadigan qilib chizib chiqing.
- O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlarning nomlarini atlasdan foyda lanib yozing.
O‘zbekistonning viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining
chegaralarini chizib chiqing.
- Viloyatlarning markaziy shaharlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
poytaxti nomlarini yozib qo‘ying.
Berilgan topshiriqlari asosida guruhlar baholanadi.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
Dars yakunida mavzuni umumlashtiruvchi qisqa savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilarning faoliyatini kuzatib chiqadi, tahlil qiladi va javoblariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
|
| |