|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 24/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)Xarita bilan ishlanadi.
Amaliy ish: Yarimsharlar xaritasidagi masshtabdan foydalanib, Yer shari ekvatorining uzunligini hisoblaydilar.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Tabiiy hodisalar haqida (Harakatlari bilan bajariladi)
Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
Darslikdagi matn bilan ishlanadi.
Xaritalarni turi, undagi yozuv shakllar haqidagi fi krlarni mustahkamlash.
Tabiiy va ma’muriy xarita mavjud.
Tabiiy xarita –quruqlik balandligiga ko‘ra turli ranglar bilan
tasvirlangan. (22-rasmda xarita tabiiy xaritadir.)
Ma’muriy xarita –mamlakatning ma’muriy bo‘linishi tasvirlangan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash:
Quruqlik – to‘q yashilda, baland tog‘- jigarangdir .
Tayanch so‘zlarni o‘qitib, ma’nolarini tahlil qilinadi. Shu so‘zlar ishtirokida guruh a’zolari bog‘lanishli matn tuzishlari kerak.
Guruhlarning tuzgan matnlarini o‘qitib, mavzudan olgan bilimlari umumlashtiriladi.
Topshiriq: Ekologik muammolar yaratish sahna ko‘rinish yoki
rasmlar orqali ko‘rsatib berish.
“Xazon yoqish”
”Chiqindilarni turli joyga tashlash”
”Suv, gaz, elektr energiyasidan oqilona foydalanish”
”Sigareta, avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlardan himoyalanish”
Topshiriq:Yer kurrasidagi barcha odamlar hayoti dengiz va okeanlar bilan uzviy bog‘liqligini aniqlash. (dengiz va okeanlarda yashovchi jonivorlar tasviri chiziladi yoki maketi yasalib, bog‘liqligi yoziladi va xattaxtaga osiladi (tarmoqlash)).
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi.
Mustahkamlovchi test topshiriqlari ekran orqali namoyish etiladi.
Quyidagi mustahkamlovchi savollar bilan murojaat qilish mumkin.
Xarita nima?
Yarimsharlar xaritasi haqida gapiring.
Masshtab nima?
Tabiiy xaritada Yer yuzi qanday tasvirlangan?
Ma’muriy xarita haqida gapirib bering.
Dars xulosalanadi, o‘quvchilarning bilimlari B.B.B. usuli yordamida
umumlashtiriladi.
|
| |