|
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash
| bet | 20/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
Bugungi darsdan nimalarni o‘rgandingiz? Barcha o‘quvchilarning
javoblarini eshitish, qabul qilish, javoblarini umumlashtirish.
Har bir guruh to‘plagan ballari aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan
guruh a’zolari alohida sovg‘alar bilan taqdirlab, ballar e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa berish:
Darsligimizning 35-38 sahifasini o‘qib, savollarga javob yozing.
Yozuvsiz xaritada materik va okeanlarni bo‘yang, nomini yozing.
11 - d a r s
YEROSTI BOYLIKLARI
Darsning maqsadi
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga O‘zbekiston yerosti boyliklari, ularning turlari, yoqilg‘i foydali qazilmalar, metall ruda konlari, binokorlik materiallari, mineral suvlar, marmar, neft, tabiiy gaz, oltin, osh tuzi, ma’danlar haqida umumiy ma’lumotlar berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Yer osti boyliklarining xaritada tasvirlanishi, yerosti boyliklarining ahamiyati va ulardan foydalanish, yerosti boyliklarining bitmas-tuganmas emasligi, tabiat boyliklaridan foydalanishda isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatish;
TK5: Tabiiy gaz va boshqa foydali qazilmalarni tejash, ulardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarida ishtirok eta olish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning mavzu, yerosti boyliklari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK1: Yerosti boyliklarini, Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalarni va ularni tejash kerakligini tushuna oladi..
Darsning turi: yangi materialni o‘rganish darsi
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat-munozara, aqliy hujum, ko‘rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, o‘quv atlasi, mavzuga oid rangli rasmlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga O‘zbekistonning tabiiy xaritasi tayyorlanadi.
|
| |