• Tinch okean;  Atlantika okeani; Hind okeani;  Shimoliy muz okeani.
  • Xarita bilan ishlash. 1.Ularning eng kattasi Yevrosiyo
  • Hind va Atlantika okeanlari
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet19/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Mavzu mazmunini ochib beruvchi animatsiya namoyish eti-
    ladi. Yer yuzining asosiy shakllari deganda nimani tushunasiz?
    Yer yuzining quruqlik qismida tekis joylar - tekisliklar va baland joylar - toglar alohida ajralib turadi. Tog‘lar va tekisliklar- Yer yuzidagi quruqliklarning asosiy shakllaridir.Yer yuzida tog‘lar tanho shaklda kam uchraydi. Ko‘proq ular bir-biri bilan qatorasiga tutashgan bo‘ladi.Qatorasiga tizilib ketgan tutash tog‘lar tog‘ tizmasi deb ataladi. Ana shu ulkan suvlik oralarida joylashgan quruqliklarni materiklar deb ataydilar.Yer sharida oltita materik bor.

    • Yevrosiyo;

    • Afrika;

    • Shimoliy Amerika;

    • Janubiy Amerika;

    • Avstraliya;

    • Antaktida.

    Bu materiklarni 4 ta okean o‘rab turadi:

    • Tinch okean;

    • Atlantika okeani;

    • Hind okeani;

    • Shimoliy muz okeani.

    Okean suvining tagi ham quruqlikdagi kabi tog‘ va tekisliklardan iborat. Tekisliklar juda katta maydonni egallagan. Suv tagidagi tog‘ tizmalari baland va juda uzoq masofaga chozilgan. Okeanlarning o‘rtacha chuqurligi 2000-3000 m atrofi da bo‘ladi. Okeanning ayrim joylari chuqurligi 5000 m dan oshadi. Eng chuqur joy Tinch okeanidagi Mariana botig‘i bo‘lib, uning chuqurligi 11022 m ni tashkil etadi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Dam olish daqiqasi: Ingliz tilida qo‘shiq.”Clap your hands”
    Topshiriq: Materiklar haqida tayyorlab kelingan ma’lumotlarni tinglash.
    Xarita bilan ishlash.
    1.Ularning eng kattasi Yevrosiyodir. Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi shu materikning O‘rta Osiyo qismida joylashgan.Yevropaning maydoni 10 million kvadrat kilometrga teng bo‘lib, Osiyoning maydoniga qaraganda 4marta kichikdir.
    2.Kattaligi jihatdan ikkinchi materik−Afrika. U ikki okean Hind va Atlantika okeanlari o‘rtasida joylashgan. Bu yerdagi sahrolar, qalin tropik o‘rmonlar va o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan pasttekisliklarda turli-tuman hayvonlar yashaydi. Mahalliy aholi dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Dunyodagi eng uzun daryo Afrikada joylashgan bo‘lib, bu Nil daryosidir.Uning uzunligi 6695km.
    3.Shimoliy Amerika o‘z maydonining kattaligi jihatidan materiklar
    orasida uchinchi hisoblanadi. Uning shimoliy viloyatlarijuda sovuq
    bo‘lib, asosan o‘rmon va ko‘llardan iborat. Janubda esa jazirama sahro-
    lar va tropik o‘rmonlar yastangan. Bu yerda dunyodagi eng katta orolGrelandiyada
    joylashgan.
    4.Janubiy AmerikaTinch vaAtlantika okeanlari orasida joylashgan. G‘arbiy sohillari bo‘ylab uzun And togtizmasi cho‘zilib yotadi. Katta tropik o‘rmonlar dunyodagi eng yirik daryolardan biri Amazonka qirg‘oqlarida o‘sadi.
    5. Antarktida – sayyoramizning suv bilan qoplangan eng janubiy hududidir. Bu muzliklar ostida suv emas, qattiq yer bor. Antarktidaning 99% hududi muz bilan qoplangan. Bu materikda tashkil etilgan qutb stansiyalarida ko‘pgina mamlakatlarning olimlari ilmiy kuzatishlar olib borishadi.
    6. Eng kichik materik Avstraliya bo‘lib, u janubiy yarimsharda joylashgan. Unda bor-yo‘g‘i bitta mamlakat joylashgan. Qirg‘oqlardan olisdagi yerlar taqir bo‘lib, qurg‘oqchilik hukmron bo‘lgan hududlar hisoblanadi.
    Matematik topshiriq beriladi.
    Yevropaning maydoni 10 million kvadrat kilometrga teng bo‘lib, Osiyoning maydoniga qaraganda 4 marta kichikdir.Osiyoning yer maydonini aniqlang.
    Javob: 40 million kvadrat kilometr
    Himolay tog‘ tizmasidagi Jomolungma (Everest) cho‘qqisi balandligi
    8848m ga teng bo‘lib, uning balandligi Mariana botig‘i chuqurligi
    11022 m dan qancha kam? Javob: 2174 m kam
    Topshiriq: Ekologik muammolar yaratish sahna ko‘rinish yoki
    rasmlar orqali ko‘rsatib berish. (“Xazon yoqish”, “Chiqindilarni turli
    joyga tashlash”, “Suv, gaz, elektr energiyasidan oqilona foydalanish”, “Sigareta, avtomobillardan chiqayotgan tutun”)

    Gurunlarga krossvord yechish topshirig‘i ekran orqali namoyish
    etiladi.
    1.Eng katta materik.
    2. Tekisliklar balandligiga ko‘ra turlaridan biri.
    3.Yer yuzidagi quruqlikning asosiy shakllaridan biri.
    4. Tekislikning sathi dengiz sathidan 500 m dan baland bo‘lgan joy.
    5. Yer yuzidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi.
    6. Eng kichik okean.
    7. Yer yuzining quruqlik qismidagi tekis joylar.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.