|
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)
|
bet | 21/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligini ko‘rib chiqiladi. Berilgan topshiriqlar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi,o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganligi aniqlanadi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlovchi “O‘z o‘rnini topishga yordamlash” didaktik mashqi o‘tkazilishi mumkin. Bunda qushlar, o‘simliklar, tabiat manzaralari aralash beriladi. O‘quvchilar cho‘l, adir, tog‘larda yashaydigan qushlar, hayvonlar, o‘simliklar va h.k.ni ajratib, o‘z o‘rniga yozishlari tushuntiriladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, o‘quv atlasidagi 14-15 betlarida berilgan ma’lumotlardan foydalanib, o‘quvchilarga foydali qazilmalarning shartli belgilari tushuntiriladi va Vatanimiz hududida tarqalgan foydali qazilmalarning nomlarini aytish so‘raladi. Vatanimiz hududida tarqalgan foydali qazilmalarni uchta guruhga bo‘linishi, har bir guruhga kiradigan foydali qazilmalar va ularning qazib olinadigan yirik konlarining nomlari aytiladi. Yerosti suvlari, ulardan foydalanish, tabiiy boyliklarni asrab-avaylash haqida tushuntiriladi.
Darslikdagi matn ifodali o‘qitilib, rasmlar va tayanch so‘zlar bilan ishlanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Amaliy ish daftariga foydali qazilmalarning uchta guruhi va ularga kiradigan foydali qazilmalarning ro‘yxatini yozib chiqish vazifasi beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini yo‘naltiradi, kuzatadi, savollar berib bajarilayotgan ishlari nazorat qilinadi. Quyidagi savollar va topshiriqlar berilishi mumkin.
1.Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoda eng ko‘p tarqalgan qazilma boylik?
2. Oltin konlari joylashgan tog‘lar?
3. Toshkent metro stantsiyalarini bezatishda ishlatilgan yerosti boyligi?
4. Foydali qazilmalarni nima uchun muhofaza qilish kerak?
5.Amaliy ishlar daftaringizga O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, Toshkent viloyatida mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar ro‘yxatini tuzing.
O‘quvchilarning mashg‘ulotlardagi ishtiroklarini tahlil qilib baholaydi.
|
| |