|
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash
|
bet | 17/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
O‘quvchilarning dars davomida o‘rganganlarini umumlashtiruvchi
mashq o‘tkaziladi. Bugungi dars mashg‘ulotidan nimalarni bilib oldingiz?
O‘quvchilarning dars davomidagi faoliyatlari tahlil qilinadi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish:
Darslikning 31-34 sahifalarida berilgan matnni o‘qib chiqing, savollarga javob toping va berilgan topshiriqni bajaring.
10 - d a r s
YER YUZASINING ASOSIY SHAKLLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga yer yuzasining asosiy shakllari: tog‘, tekislik, materik va okeanlar haqida ma’lumotlar berish, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi va joylashuvi haqida tasavvurlar hosil qilish.
FK3; Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni aniqlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni tepalikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishga, yer yuzasi shaklini solishtirish;
TK5: tabiatni asrash va uni muhofaza qilishga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning tog‘, tekislik, materik va okeanlar haqidagi dunyoqarashlarini rivojlantirish.
FK3: Yer yuzasidagi tog‘ va tekisliklar, ularning nomlarini globus va xaritalardan topa olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: tushuntirish, suhbat, “Tushuncha va mazmun” texnologiyasi, krossvord, “B.B.B.” texnologiyasi.
Dars jihozlari: Yarimsharlar tabiiy xaritasi,
yozuvsiz xarita, tog‘ va tekisliklar tasvirlangan rasmlar, darslik, multi-
media ilovasi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashiladi, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilinadi. Ob-havo, kun, davomat haqida navbatchi axboroti tinglanadi.
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘linadi:
1-guruh: ” Tinch okeani ”
2-guruh: ”Atlantika okeani ”
3- guruh: ”Hind okeani ”
4-guruh: ”Shimoliy muz okeani ”
Guruhlarning taqdimoti o‘tkaziladi.
|
| |