• Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. Tayanch so‘zlar bilan ishlanadi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet16/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Mavzuga kirish suhbatini Quyosh qaysi tomondan chiqishini kuzatganmisiz?
    Ufq deganda nimani tushunasiz? savollari bilan boshlash mumkin.

    Slaydlar yordamida mavzu mazmuni ochib beriladi.
    Ufq - ochiq va tekis joyda Yer yuzining aylana chiziq bilan chegaralangan chizig‘iga aytiladi. Ufq bizdan 4 km uzoqlikda bo‘ladi.Uning 4 ta asosiy tomoni bor.
    Quyosh chiqadigan tomoni – sharq, Quyosh botadigan tomoni – g‘arb. Qolgan shimol va janub tomonlarini 18-rasmga qarab aniqlash mumkin. Siz qarab turgan tomon – shimol, orqangizdagi tomon – janub bo‘ladi.
    Ufq tomonlarini quyidagicha belgilash qabul qilingan: sharq - Shq,
    g‘arb – G‘, shimol – Sh, janub – J. Bular ufqning asosiy tomon
    Darslik bilan ishlash
    Ufq tomonlarini aniqlash haqidagi matn bilan ishlanadi.
    Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
    Tayanch so‘zlar bilan ishlanadi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
    O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik guruhlar tashkil etiladi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi avvaldan tayyorlangan savollar yozilgan topshiriqlarni tanlab olgach, guruh a’zolari avval yakka o‘zlari berilgan savolga javob topadi.
    1.Ufq deb nimaga aytiladi?
    2.Daraxt shoxlari va kesilgan daraxt to‘nkasi yordamida ufq tomonlari qanday topiladi?
    3.Kompas deb qanday asbobga aytiladi?

    Har bir guruhning taqdimoti eshitiladi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarningfaoliyatlari kuzatiladi, javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.
    Har bir kichik guruhga “Maktabimiz shimol, sharq, janub va g‘arb tomonida nimalar bor?” kabi topshiriq beriladi. O‘quvchilar ish daftarlariga yozib, javob berishlari kerak.
    Mustahkamlovchi test topshiriqlari ekran orqali namoyish etiladi.
    1) Test topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning bilimlari umumlashtiriladi.
    1.Quyosh chiqadigan tomonni belgilang?
    a) shimol; b) sharq; d)g‘arb; e) janub.
    2.Quyosh botadigan tomonni ayting.
    a) shimol; b) sharq; d)g‘arb; e) janub.
    3. Osmonning shimol tomonida faqat bitta yorug‘ yulduz siljimasdan bir joyda turadi. Bu qaysi yulduz haqida aytilgan fikr?
    a) Quyosh; b) Qutb yulduzi; d)kompas; e) xarita.
    4. Ufq tomonlari qanday asbob bilan aniqlanadi?
    a) kompas; b) termometr; d) globus; e) barometr.
    5. Kompasning qaysi rangdagi ko‘rsatkichi shimolni ko‘rsatadi?
    a) qizil rangli; b) havorangli; d)sariq rangli; e) qizil rangli.
    2) Quyilagi topishmoqlarning javobini toping:
    1) Bor shunday mintaqa kunduz va kecha,
    Teng kelar hattoki minutigacha. (Ekvator)
    2) Yer yuzida shunday nuqta bor,
    Kecha-kunduz farqlanmas unda.
    Yulduzi ham so‘nmaydi zinhor,
    Charaqlaydi kunda va tunda. (Shimoliy qutb)
    O‘quvchilarining javoblari baholanadi va mustahkamlanadi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.