|
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash
|
bet | 22/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
Dars mashg‘uloti umumlashtiriladi, o‘quvchilarning javoblari xulosalanadi. O‘quvchilarning baholari e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa berish:
O‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, tahlil qilish, mavzu so‘ngidagi savollarga javob topish va berilgan topshiriqlarni bajarish vazifa qilib beriladi.
12 - d a r s
XARITALAR
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga xaritalarning turlari, ularning globusdan farqi haqida ma’lumot berish;
FK3: Respublikasining tabiiy xaritasidan tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlab, ko‘rsata olish;
b)tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni tabiatni sevishga, tabiiy boyliklarimizni asrashga o‘rgatish;
TK4: boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning xaritalar haqidagi hamda ulardan foydalanish malakalarini rivojlantirish.
FK3: Shartli belgilar to‘g‘risida dastlabki tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Tushunchalar talqini” mashqi, “Blits-so‘rov”, B.B.B usuli, bog‘lanishli matn, ekologik muammolar yaratish.
Dars jihozlari: xaritalar, slaydlar, darslik va globus, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qismi. :
Salomlashiladi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Navbatchi axborotini tinglash, yurtimizda ro‘y berayotgan muhim voqealar, bayramlar haqida so‘raladi.
O‘quvchilarni guruhga bo‘lish, ularni nomlash, guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
Qator boshliqlarining axboroti tinglanadi. O‘tilgan mavzu va uyga
vazifa so‘raladi.
“Blits-so‘rov” usulidan foydalanib mustahkamlovchi savol-javob tashkil etiladi.
1)Ufq nima?
2) Ufqning tomonlari deganda nimani tushunasiz?
3)Kompas deb qanday asbobga aytiladi? Uning yordamida ufq tomonlari qanday aniqlanadi?
4) Tayanch so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va tahlil qiling.
5) Uyingizning shimol, sharq, janub,g‘arb tomonida nimalar borligini ayting.
“Tushunchalar talqini” mashqi asosida tayyorlangan tarqatma topshiriq guruhlarga tarqatiladi. Guruhlarning javoblari to‘g‘ri, noto‘g‘ri ekanligi oldindan ekranga tayyorlangan javoblar tekshiriladi.
Darsni xulosalash, o‘quvchilarning olgan bilimlari umumlashtiriladi
va baholaniladi.
|
| |