• 18 - d a r s CHO‘L VA VOHALAR Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad
  • Darsning turi
  • Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
  • Didaktik mashq beriladi.
  • III. Yangi mavzuni tushuntirish
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet30/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    VI. Uyga vazifa berish:
    Yozuvsiz xaritada o‘lkamiz hududidagi yirik ko‘l va suv omborlarini aks ettiring.
    2-nazorat ishi uchun savol va topshiriqlar



    T/r

    Savol va topshiriqlar

    Yakka baho

    Guruh bahosi

    To‘g‘ri javob

    1

    Vatanimiz-O‘zbekiston issiq mintaqada joylashganmi?










    2



    Mazmuniga ko‘ra xaritalar tabiiy, siyosiyma’muriy,mavzuli bo‘ladim










    3

    Okean qancha chuqur bo‘lsa, xaritadauning rangi shuncha och rangli havorangda tasvirlanadimi?










    4

    O‘zbekiston Yevrosiyo materigining g‘arbida joylashganmi?










    5

    Vatanimiz-O‘zbekiston 5ta qo‘shni mamlakat bilan chegaralanganmi?










    6

    O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasida 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi turli ranglarda berilganmi?










    7

    Yer yuzidagi 4 ta okeandan eng kattasi Hind okeanimi?










    8

    Okeanlarning ostida ham suv osti tog‘lari, tekisliklar, havzalar bormi?










    9

    Balandligi dengiz sathidan 200 metrgacha bo‘lgan erlarni tog‘lar deyiladimi?










    10

    Balandligi dengiz sathidan 1000 metrdan baland bo‘lgan erlarni baland tog‘lar deyiladimi?










    11

    O‘zbekiston tabiiy xaritasida mamlakatimizning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismlari yashil va och yashil ranglarda bo‘yalganmi?










    12

    Vatanimiz−O‘zbekistonda Chotqol, Ugom, Qurama, Hisor, Zarafshon, Turkiston, Nurota tog‘ tizmalari bormi?










    13

    Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo,Sherobod daryo Amudaryoning irmoqlarimi?










    14

    Chirchiq, Ohangaron, So‘x, Sangzor daryolari Sirdaryoning irmoqlarimi?










    15

    Yer yuzi tabiatining xilma xil bo‘lishi faqat Quyosh nuriga bog‘liqmi?










    16

    Yer yuzida ekvatordan shimoliy va janubiy qutblarga tomon tropik, qutbiy mintaqalar almashinib keladimi?










    17

    O‘zbekiston mo‘tadil va subtropik mintaqalarning cho‘llar zonasida
    joylashganmi?










    18

    Doimiy yashil o‘rmonlarda saksovul,quyonsuyak, yantoq o‘simliklari o‘sadimi?










    19

    Fasliy nam o‘rmonlarda fi l, yo‘lbars, qoplon, karkidon, maymunlar, timsoh, ilonlar yashaydimi?










    20

    Afrika, Osiyo, Avstraliyada juda kata maydonlarni ishg‘ol qilgan cho‘llar bormi?










    O‘quvchining bilim darajasini baholashda o‘quvchining berilgan
    topshiriqlarning qanchasiga to‘g‘ri javob berganligiga qarab quyidagicha
    baholanadi:
    9-13 tasiga – “qoniqarli” 14-17 tasiga –“yaxshi” 18-20 tasiga –“a’lo”.


    18 - d a r s
    CHO‘L VA VOHALAR
    Darsning maqsadi:
    a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga cho‘l, cho‘l tabiati, cho‘l zonalari, cho‘l o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida umumiy ma’lumotlar berish;TK2: multimedia ilovalardan samarali foydalana olish va media madaniyatga rioya qilish. FK4: o‘zi yashaydigan joy o‘simlik va hayvonlarini kuzata olish.
    b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni yer yuzidagi va O‘zbekitsondagi cho‘l zonalari, cho‘l tabiatining o‘ziga xosligini o‘rgatish; TK4: cho‘llarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanishga o‘rgatish;
    d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning savol-javoblarda faol ishtirok etishini ta’minlash. FK4: Cho‘l, adir, tog‘lardagi o‘simliklar va hayvonlarning turlichaligini, aholining yashash va mehnat faoliyati har xil bo‘lishini tushunish.
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi
    Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, blits-so‘rov usulida, mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash.
    Dars jihozlari: dunyoning tabiat zonalari xaritasi, o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, darslik, cho‘l tabiatiga xos bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlarning, cho‘l tabiati aks ettirilgan rangli rasmlar, multimedia ilovasi.
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism:
    O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid materiallar tayyorlanadi.
    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligi ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar blits-so‘rov asosida o‘qituvchining tayyorlagan savollari berilib, o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganligi aniqlanadi.
    Didaktik mashq beriladi.
    O‘rmon, tog‘ o‘rmoni, o‘rmon xo‘jaligi, to‘qay o‘rmoni, cho‘l o‘rmoni kabi tayanch so‘zlari ishtirokida bog‘lanishli matn tuzing. O‘quvchilar navbat bilan bu topshiriqni bajaradilar. Bunda o‘quvchilar mavzuga mos fikrlar bildirishlari shart. Bajarilgan topshiriq tekshirilib, baholanadi.
    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Yangi mavzu o‘tilgan mavzu bilan bog‘lanadi.
    Multimedia ilovali animatsiya yordamida o‘quvchilarga cho‘l, uning turlari, o‘sadigan o‘simliklari, yashaydigan hayvonlari haqida ma’lumot beriladi.

    O‘quvchilarning cho‘l haqidagi bilimlari aniqlanadi. Cho‘l haqidagi darslikda berilgan hikoya o‘qib beriladi. Xaritadan foydalanib, dunyoning turli hududlarida juda katta maydonlarni egallab yotgan cho‘llar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston hududidagi cho‘llar, uning o‘ziga xos tabiati, yog‘ingarchilik, havo harorati, o‘simlik va hayvonot dunyosining
    o‘ziga xos jihatlari, cho‘ldagi ko‘llarning xususiyatlari, O‘zbekistondagi cho‘llarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish, foydali qazilmalar, quduq, kanallar haqida suhbat-munozara, muloqot texnologiyasi asosida gapirib beriladi.
    Cho‘llar – qumli, gilli, toshli bo‘ladi. Rasmlardan ularning farqi
    tushuntirib beriladi. Cho‘l o‘simliklari, hayvonlari hayotidan lavhalar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildiradilar.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.