|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 31/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan o‘quv atlasi va darslik materiallari yordamida yozuvsiz xarita (yoki amaliy ish daftari) bilan ishlanadi. Cho‘l tabiatiga xos bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlarning nomlari yozib chiqiladi. Guruhlarda ishlanib, cho‘l haqidagi klaster tarmoqlari o‘quvchining tasavvurlari asosida quyidagicha shakllantiriladi.
So‘fi to‘rg‘ay bo‘g‘ma ilon
yantoq
cho‘l agamasi
shuvoq
Cho‘l
kulrang echkemar
saksovul
tuvaloq
Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi, o‘quvchilar ish daftarlariga test javoblarini yozib olishlari mumkin.
1. Cho‘l deb nimaga aytiladi?
a) past daraxtlar bilan qoplangan joy;
b) o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydigan qurg‘oqchil yerlar;
d) tog‘larning bir-biriga ulangan joyi;
e) o‘t o‘simliklar bilan qalin qoplangan joy.
2. Shamol qumlarni surib, do‘nglik hosil qiladi. Bu do‘nglik nima deb ataladi?
a) barxan; b) taqir; d) gilli; e) adir.
3. O‘zbekiston hududidagi cho‘llarni belgilang.
a) Sirdaryo, Zarafshon; b) Qizilqum, Mirzacho‘l;
d) Navoiy, Toshkent; e) Qarshi, Surxondaryo.
4. Ildizlari juda uzun, yerosti suvlaridan bahra oladigan o‘simlik?
a) lolaqizg‘aldoq, rayxon; b) shuvoq, ajriq;
d) saksovul, yantoq; e) juzg‘un, xayrigul.
5. Cho‘lda qanday yirik hayvonlar yashaydi?
a) jayron, oqquyruq; b) ayiq, mushuk;
d) to‘ng‘iz, timsoh; e) yumronqoziq, toshbaqa.
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, olgan bilimlari xulosala
20 dars
O‘LKAMIZ TOG‘LARI TABIATI
Darsning maqsadi
a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Yer sharidagi, O‘zbekistondagi eng baland va yirik tog‘lar, tog‘lar tabiati, ularning xilma-xilligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi
haqida umumiy ma’lumotlar berish;TK2: kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni izlab topish
|
| |