• Dars jihozlari
  • Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet32/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni tog‘larning ahamiyati, tog‘ qazilma boyliklaridan foydalanish, tog‘ tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga o‘rgatish;
    TK4:o‘zi yashaydigan joyda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘sha olish
    d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning o‘lkamiz tog‘lari tabiati, undagi tabiat boyliklari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.FK4: o‘lkamiz tog‘lar tabiati va qazilma boyliklaridan oqilona foydalanishni haqida biladi,.
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi
    Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, yakka va juft bo‘lib ishlash, materiallari asosida “Blits-so‘rov”usuli bilan o‘z-o‘zini baholash.
    Dars jihozlari: globus, dunyoning tabiat zonalari xaritasi, O‘zbekistonning tog‘ tizmalari, tog‘ oldi vodiylari, adirlari, qirlari, tekisliklari, cho‘llari, daryolari, ko‘llari, suv omborlari, cho‘l va o‘rmon tabiati, ularga xos bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar aks ettirilgan rangli rasmlar, o‘quv atlasi, darslik.
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat
    qilinadi, sinf doskasiga mavzuga tegishli bo‘lgan ko‘gazmali vositalar
    tayyorlanadi.
    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘tilgan 8-17 dars mavzularga doir materiallar asosida tayyorlangan galereyani ko‘rib chiqib, tahlil qilishdan boshlanadi. Bunda sinf doskasi va xonaning rasm ilish mumkin bo‘lgan joylariga Yarimsharlar tabiiy va siyosiy xaritasi, globus, Dunyoning tabiat zonalari xaritasi, O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, tog‘ tizmalari, tog‘ oldi vodiylari, adir-
    lari, qirlari, tekisliklari, cho‘llari, daryolari, ko‘llar, suv omborlari, cho‘l va o‘rmon tabiati, ularga xos bo‘lgan o‘simliklari, hayvonot dunyosi, cho‘llarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish, foydali qazilmalar, quduq, kanallar kabilar aks ettirilgan rangli rasmlar ilib chiqiladi.

    O‘quvchilar belgilangan ma’lum vaqt ichida bir-birlariga xalaqit bermasdan, yakka holda galereyaga qo‘yilgan har bir xarita, jihoz va rasmlarni ko‘rib chiqadilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi oldindan har bir o‘quvchiga yetarli qilib tayyorlangan savollar yoki test topshiriqlarini tarqatadi va unga har bir o‘quvchini o‘z ism, familiyasini yozib qo‘yishi talab qilinadi. Olingan vazifani har bir o‘quvchi o‘qib chiqib, tahlil qilib, “yakka javob” bo‘limiga to‘g‘ri javobga “ha”, noto‘g‘ri javobga “yo‘q” belgisini qo‘yib, bajarib topshirish vaqtini belgilaydi.


    O‘quvchilar berilgan topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, juftlikda ishlab, yonlarida o‘tirgan sheriklari bilan bajargan ishlarini almashtirishlari so‘raladi. Har bir o‘quvchi o‘zi bajargan topshiriqlarining sheriklari tomonidan qanday bajarilganligini ko‘rib chiqib, tahlil qilib, “guruh javobi” ustuniga to‘g‘ri javobga “Q”, noto‘g‘ri javobga “–“ belgilari bilan belgilab chiqadilar. Topshiriq bajarib bo‘lingach, o‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni tartib bilan e’lon qiladi, har bir o‘quvchi sherigining ishidagi “to‘g‘ri javob” ustuniga o‘qituvchining javoblariga asosan, to‘g‘ri javobga “Q”, noto‘g‘ri javobga “–“ belgilarini qo‘yib chiqadilar. Shundan so‘ng topshiriqlarning baholash mezonlariga qarab
    o‘quvchining egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholanadi, topshiriq
    yig‘ib olinadi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.