• O‘rmon turlari: Tog‘ o‘rmonlari
  • O‘rmonlar ahamiyati
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet35/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Yangi mavzu o‘tilgan mavzu bilan bog‘lanadi. O‘quvchilarning o‘rmonlar haqida bilganlari aniqlanadi. O‘rmon tushunchasiga ta’rif berilib, xaritadan foydalanib, uning turlari aytiladi va har birining o‘ziga xos jihatlari suhbat-munozara, muloqot texnologiyasi asosida gapirib beriladi. O‘rmonlarda o‘sadigan asosiy o‘simliklar va yashaydigan hayvonot dunyosi haqida o‘quv atlasi materiallari va rangli rasmlarni
    ko‘rsatib, ularning o‘ziga xos tomonlari tushuntiriladi.
    A) Mavzu bilan tanishtiriladi.
    - Bolalar o‘rmon deganda nimani tushunasiz? Ko‘z oldingizga nimalar keladi. Qanday daraxtlar, qaysi hayvonlar, qanaqa o‘simliklar, qushlar bo‘lishini bilasizmi?
    O‘quvchilar fikri tinglanadi.

    - O‘rmon boshqa tabiat zonalariga o‘xshamaydi. O‘rmonda daraxrlar zich joylashgan holda katta maydonni egallab o‘sadi. O‘rmonlarda g‘aroyib o‘simliklar, turli hayvonot dunyosi, turfa qushlar yashaydi.O‘rmon ajoyib qo‘ziqorin va maymunjonlar koni hisoblanadi. O‘rmonlar bag‘ridagi daraxtlar, o‘simlik va hayvonlarga qarab:


    a) tog‘ o‘rmonlari; b) to‘qay o‘rmonlari; d) cho‘l o‘rmonlari bo‘ladi.
    O‘rmonlarda qarag‘ay, qayin, archa, kedr, eman, yong‘oq kabi daraxtlar o‘sadi. O‘rmonda buta va o‘tlar ham o‘sadi.
    O‘rmon turlari:
    Tog‘ o‘rmonlari-tog‘ yonbag‘irlarida bo‘lib, archa, yong‘oq, pista, qayin, terak kabi daraxtlar o‘sadi. Tog‘ o‘rmonlari yurtimiz hududining katta maydonlarini egallaydi.
    To‘qay o‘rmonlari Amudaryo sohillarida joylashgan. O‘rmonda jiyda, turang‘il, shumtol kabi daraxtlar o‘sadi.
    Cho‘l o‘rmonlari Qizilqum cho‘lida joylashgan. Asosan saksovul o‘sadi.Yovvoyi hayvon va qushlar o‘rmonlarda ko‘proq uchraydi.
    O‘rmonlarda arslon, yo‘lbars, ayiq, bo‘ri, tulki, maymun, quyon kabi hayvonlar yashaydi.
    O‘rmonlar ahamiyati:
    -O‘rmonlarning ahamiyati katta, havoni kislorod bilan boyitadi.
    -O‘rmondan qurilish va uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel tayyorlanadigan yog‘och-taxta olinadi. O‘rmondan asosan qog‘oz olinadi. Agar o‘rmonlarni nobud qilsak, maydoni kamaysa, tabiatga juda katta zarardir. Buning oldini olish uchun kesilgan daraxtlar o‘rniga ko‘chat ekish kerak. Sun’iy o‘rmonlarning maydoni kengaytirilmoqda.
    O‘rmon xo‘jaliklari xodimlari o‘rmon tabiatini kuzatib yuradi.
    Daraxtlarning kamayib ketishi kasallanishi, dorivor o‘simliklar, turli mevalarni parvarishi, yig‘ib olinishiga javobgar shaxs hisoblanadi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.