|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 34/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)VI.Uyga vazifa berish:
Darslikning 62-68 sahifalarida berilgan matnni o‘qib chiqing, savolga javob topib, berilgan topshiriqni bajaring.
21 - d a r s
O‘RMONLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga o‘rmonlar, o‘rmon tabiati haqidagi tushunchalarini va tasavvurlarini boyitish, o‘rmon aholisining hayoti haqida ma’lumot berish, o‘rmon tabiatini asrash kerakligini tushuntirish; TK3: rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib, mustaqil ishlay olish,
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga o‘rmonlardan xalq xo‘jaligida foydalanish, o‘rmonlarni asrash, o‘rmonlardan foydalanish haqidagi tushunchalarini boyitish: TK5:tabiatga g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning o‘rmon o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;FK2: O‘monlardagi o‘simliklar va hayvonlarning turlichaligini, o‘rmonlarning turlari haqida bilib olish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: Tushuntirish, suhbat, savoljavob,
“Meni tushun”, “Buni bilasizmi?” muammoli izlanish, “Charxpalak” mashqi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Darslik, tabiiy va ma’muriy
xarita, o‘rmon tabiatini aks ettirgan rasmlar, o‘rmon hayvon va
o‘simliklari haqida rasm va gerbariylar, slayd multimedia ilovasi, test.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Darsning shiori: “Bilganimiz daryo
Bilmaganimiz dengiz”
“Bilim dengizi”da suzishga tayyormisiz?
O‘quvchilarning darsga tayyorligi, davomat, kun ob-havosi haqida navbatchilar ma’lumot beradi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
Bolajonlar, biz o‘tgan tabiatshunoslik darsimizda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
-Suv havzalari.
O‘tgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Suv havzalari deganda nimalarni tushunasiz?
2. Daryo nima? U qanday suv oqimi?
3. O‘lkamizda qanday daryolar bor?
4. O‘lkamizdagi eng katta daryolarni ayting.
5. Ko‘l nima? Yurtimiz hududida qanday ko‘llar mavjud?
O‘quvchilar javobi rag‘batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Tezkor savollar (O‘qituvchi savolni aytadi, javobini eng birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchidan so‘raydi.)
1. To‘g‘onlar yordamida suvni saqlash uchun qurilgan suv havzasi?
(suv ombori)
2. O‘lkamizdagi qurib borayotgan dengiz? (Orol dengizi)
3. Tuyamo‘yin suv ombori qaysi daryo suvni to‘plash uchun qurilgan? (Amudaryo)
4. Chirchiq daryosida qaysi suv ombori qurilgan? (Chorvoq)
5. Nil daryosi qaysi materikda joylashgan? (Afrika)
Xulosa: Suv havzalarini muhofaza qilish zarur. Suv havzalarini ifloslanishini oldini olish kerak. Bu suvda yashovchi jonzotlar uchun ham, odamlar uchun ham, tabiat uchun ham foyda beradi.
|
| |