• Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
  • III. Yangi mavzuni tushuntirish
  • Bog‘lanishli matn”
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet8/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    Dars metodlari: suhbat-munozara, xarita, atlas bilan ishlash, ko‘rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash.
    Darsda foydalaniladigan jihozlar: Yerning kosmosdan olingan rasmlari, Quyosh atrofi da Yer va sayyoralarning harakatlanishi tasvirlangan rasmlar, Oy aks ettirilgan rangli rasmlar o‘quv atlasi.
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid ko‘rgazmalarni ko‘rsatish uchun tayyorlanadi.
    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligini ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar bo‘yicha qisqa savol-javob yoki test topshiriqlari berilib, o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirganligi aniqlanadi. O‘quvchilar tomonidan uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligiyuzasidan faoliyatlari tahlil qilinadi va o‘tilgan materiallar yangi mavzubilan bog‘lanadi.
    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Mavzuga kirish suhbati topishmoqlar yordamida boshlanadi.
    Yerning tabiiy yo‘ldoshi,
    Oydindagi so‘z boshi. (Oy)
    Yangi mavzuni suhbat-munozara asosida ko‘rgazmali vositalar, xaritadan unumli foydalangan holda quyidagi reja asosida tushuntiriladi:
    - Oy –Yerning tabiiy yo‘ldoshi;
    - Oyda hayot yo‘q ekanligi;
    - “Oyning 15 kuni qorong‘i, 15 kuni yorug‘” degan xalq maqoli;
    - Oyning nur chiqarmasligi;
    - Oyning ko‘rinish holatlari.
    Slaydlar yordamida mavzuga oid ma’lumotlar o‘quvchilarga yetkaziladi.

    Darslikdagi matn, tayanch so‘zlar va rasmlar bilan ishlanadi.
    Bog‘lanishli matn” tuzdiriladi. Matnda albatta mavzuga mos ma’lumotlar aks etishi lozim. Tuzgan matnlari o‘qitilib, g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Darslikda berilgan amaliy ish bergalikda bajariladi.
    O‘rganilgan mavzuni mastahkamlash maqsadida kichik guruhlar
    tashkil etiladi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi avvaldan tayyorlangan
    savollar yozilgan topshiriqlarni tanlab olgach, guruh a’zolari avval yakka o‘zlari berilgan savolga javob topadi
    Topshiriqlarni yangi mazmuni o‘rganilgan mavzu rejasiga asosan
    quyidagicha tuzish mumkin:
    1-guruh, Yerning yuldoshi - Oy haqidagi ma’lumotlar;
    2-guruh, Oyning sirtidagi chuqurliklar;
    3-guruh, Oy Quyosh nurini qaytaradi;
    4-guruh, Oyning ko‘rinish holatlari.
    Guruh a’zolari bilan birgalikda o‘zaro muhokama qilib, guruhdan bitta o‘quvchini topshiriqning taqdimot qilinishiga saylashadi va bajarilgan ish taqdimot qilinadi.
    Har bir guruhning taqdimoti eshitiladi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning faoliyatlari kuzatiladi, javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.
    Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.