Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




Download 20,44 Mb.
bet6/63
Sana15.05.2024
Hajmi20,44 Mb.
#234021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bolajonlar, bugungi darsimizda koinot bo‘ylab sayohatga chiqamiz.
Biz raketadamiz deb tasavvur qiling. Siz esa ilmiy guruh a’zosisizlar.
Sayohatga chiqishdan avval “So‘z oyini”ni o‘tkazamiz. Agarda bizyashiringan so‘zni topa olsak, raketamizning uchishiga ruxsat beriladi.

Kelinglar, buning uchun o‘yinni boshlaymiz.
1.So‘zda bor-u, gapda yo‘q.
2.Asalda bor, bolda yo‘q.
3.Yo‘lbarsda bor, sherda yo‘q.
4.Yolg‘onda bor, rostda yo‘q.
5. Oyda bor-u, ko‘kda yo‘q.
6.Romda bor-u, eshikda yo‘q.
7. Ariqda bor, ko‘lda yo‘q.
8.Lazizda bor, Azizda yo‘q.
9. Ayiqda bor-u, tulkida yo‘q.
10.Raketada bor , oyda yo‘q.
Demak, bugun biz “Sayyoralar” mavzusini o‘tar ekanmiz. Sayyoralarni o‘rganish, bilmaganlarni bilib olish uchun, yaxshilab joylashib oling, bilmaganlaringizni bilib olish uchun esa qo‘lingizga ruchka va daftarlaringizni tayyorlab qo‘ying.
Raketamizning uchishga “start” berildi: 1, 2, 3, ….
Siz nimalarni ko‘ryapsiz? -
Quyosh atrofida aylanib yurgan sayyoralarni, kometalar, meteoritlarni va boshqa osmon jismlarini ko‘ryapmiz.Demak, Quyosh va uning atrofi da aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.
Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlarini ko‘ryapsizmi? -Ular sayyoralardir.
Sayyora atrofi da doimiy aylanib yuradigan yirik osmon jismi -tabiiy yo‘ldosh deyiladi.
Sizga tanish bo‘lgan sayyorani bilasizlarmi? - Ha, bu Yer sayyorasi. -
BBB” metodi
Maqollardan namunalar keltiriladi.
1) Ona yerning tuprog‘i – ona sutiday aziz.
2) Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
3) Daraxtni yer ko‘kartiradi,
Odamni el ko‘kartiradi.
Bolalar, endi eng oxirgi sayyora bilan tanishamiz. Bu sayyora - Neptun sayyorasidir. Bu sayyora Uran sayyorasidan biroz katta.Bolalar, sayyoralarga bo‘lgan sayohatimiz ham nihoyasiga yetib - qoldi. Endi Yerga qaytsak ham bo‘ladi.

Download 20,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Download 20,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

Download 20,44 Mb.