• VI. Uyga vazifa berish
  • Darsning turi
  • V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash




    Download 20,44 Mb.
    bet5/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
    O‘quvchilarning dars davomida o‘rganganlarini umumlashtiruvchi mashq o‘tkaziladi.
    Bugungi dars mashg‘ulotidan nimalarni bilib oldingiz? Bu savolga o‘quvchilarning barchasi o‘z fikrini aytishi lozim. Alohida o‘rnak ko‘rsatib dars mashg‘ulotida faol ishtirok etgan o‘quvchilarning bilimlari baholanadi va rag‘batlantiriladi. Dars yakunlanib, kelgusi dars mashg‘ulotiga topshiriq beriladi.
    VI. Uyga vazifa berish:
    Darslikning 7-11 sahifalarini o‘qing. Mavzu asosida berilgan savollarga javob yozish va yulduz, Quyosh haqida topishmoqlar yodlab, mavzuga mos qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganib kelish topshiriladi.
    3-4-dars.
    SAYYORALAR. QUYOSH SISTEMASI. KICHIK SAYYORALAR. KATTA SAYYORALAR
    Darsning maqsadi:
    a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Quyosh sistemasidagi sayyoralar, ularning tuzilishi, joylashuvi va bir-biridan farqi haqida ma’lumot berish; FK1: Quyoshning “chiqishi” va “botishi”ni kuzatish
    b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda ekologik dunyoqarashinikengaytirish, Yerni asrash, undan oqilona foydalanishni o‘rgatish;
    d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning sayyoralar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirish.FK3: Katta va kichik sayyoralar haqida bilish;
    Darsning turi:yangi bilim beruvchi
    Dars metodlari: Sayohat, tushuntirish, suhbat, so‘z o‘yini, savol - javob.
    Dars jihozlari: Darslik, globus, sayyoralar aks ettirilgan plakat.
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism:
    Salomlashiladi, o‘quvchilarni darsga tayyorligi nazorat qilinadi.
    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘quvchilardan o‘tilgan mavzu so‘raladi va test savollari
    orqali mustahkamlanadi.

    1. Yerdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklida ulkan osmon jismi nima deb ataladi?

    ) Yulduzlar; b) Oy; d) Bulutlar; e) Quyosh.
    2. Osmondagi eng yorug‘ yulduz nomi nima?
    a) Mars; b) Oy; d) Quyosh; e) Yupiter.
    3. 1018 ta yulduzni o‘rgangan va ularning joylashuv jadvalini tuzgan olim?
    a) Al Xorazmiy; b) Zahiriddin Bobur; d) Ibn Sino; e) Mirzo Ulug‘ bek.
    4. Alloma Mirzo Ulug‘bek yulduzlarni o‘rganish uchun qaysi shaharda rasadxona qurdirgan?
    a) Toshkent; b) Samarqand; d) Buxoro; e) Xiva.
    5. Yerdagi hayot manbayi?
    a) Quyosh; b) Oy; d) Yulduzlar; e) sayyoralar.

    Download 20,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash

    Download 20,44 Mb.