• Darslik bilan ishlash.
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari




    Download 20,44 Mb.
    bet4/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Yangi mavzuga kirish suhbati muammoli vaziyat usuli yordamida tashkil etiladi. (O‘quvchilarga savollar berib, ularning fi krlarini tinglash, berilgan savollar bo‘yicha bilim darajalarini aniqlash, javoblarini eshitib, to‘g‘ri javoblarni e’lon qilish.)

    1. Tunda osmonda son-sanoqsiz nimalarni ko‘rish mumkin?( yulduz lar)

    2. Shar shaklidagi ulkan osmon jismi? (yulduz)
    3. Yulduzlar ilmi bilan shug‘ullangan buyuk alloma? ( Mirzo Ulug‘bek)
    4. Eng yaqin yulduz? (Quyosh)
    5. Mirzo Ulug‘bek qurdirgan inshoot? (rasadxona)
    Multimediali animatsiya ilovasi namoyish etiladi.

    O‘quvchilar multimedia ilovasi asosida ko‘rganlarini aytib beradilar.
    Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan yulduzlar, Quyosh va uning eng yaqin yulduzligi haqidagi matn bilan ishlash.
    Amaliy mashq sinf xonasida birgalikda bajariladi va o‘quvchilarning fikrlari so‘raladi. (Koptok oling va uni Yer shari deb tasavvur qiling. U holda Quyoshning kattaligi taqriban qancha bo‘lishini hisoblang.)
    Sinfdagi barcha o‘quvchilar berilgan ma’lumotlarni daftarlariga yozishlari lozim.
    Videolavha ekran orqali namoyish etiladi.
    Dam olish daqiqasi: “Quyoshjon” qo‘shig‘i harakatlari bilan bajariladi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    O‘rganilgan tushunchalar asosida test topshirig‘ini bajarish mustaqil topshiriladi. Bu topshiriqning to‘g‘ri yechilishidan har bir o‘quvchining mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini tekshirish mumkin.

    O‘quvchilar partadoshining yozgan javoblarini tekshirib, natijani o‘qituvchi bilan birga tekshiradilar.
    Mustahkamlovchi test savollari beriladi.
    1._________ bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar
    shaklidagi osmon jismidir. (Yulduz)
    2. _______ yoki ________ yulduzlar−eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi.
    (oqish,ko‘kimtir)
    3.Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus inshoot - _____________ qurdirgan. (rasadxona)
    4. Raketa Quyoshga yetib borguncha deyarli __ ____ vaqt ketgan bo‘lardi. (5 oy)
    5.___________ - Yerdagi hayot manbayidir. (Quyosh)
    To‘g‘ri javoblar daftarga belgilab boriladi. Topshiriq yakunida g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi.
    Quyidagi topishmoqning javobini toping va o‘zingiz ham shunday topishmoqlardan ayting:

    Mening shaklim yumaloq,
    Harakatdaman har choq.
    Qish, bahor, yoz va kuzni,
    Kechasi va kunduzni
    Hadya etaman senga,
    Quyoshga tutib o‘zni

    . (Yer)
    Qizaradi so‘nmaydi,
    Usiz giyoh unmaydi. (Quyosh)

    Download 20,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari

    Download 20,44 Mb.