|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 3/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)d) rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning amaliy ishlar daftari va darslik materiallari bilan mustaqil, ijodiy izlanib ishlashga o‘rgatish, savol-javoblarda faol ishtirok etishini ta’minlash, xotirani mustahkamlashga, fikrni aniq ifodalashga o‘rgatish, o‘quvchilarning yulduzlar, eng yaqin yulduz–Quyosh va uning hayot manbayi ekanligi haqidagi bilimlarini rivojlantirish. FK2: Osmon gumbazida yulduzlarning o‘rni o‘zgarishini, Quyoshning “chiqishi” va “botishi”ni kuzata oladi. Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarga Quyoshning ta’sirini tushuna oladi.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: tushuntirish, suhbat, rag‘batlantirish, muammoli vaziyat usuli, “Kim ko‘p ma’lumotlarni esladi?” didaktik mashqi, “Blits – so‘rov”.
Dars jihozlari: darslik, multimedia, slaydlar, koptok, globus, ko‘rgazma va rasmlar.
Quyidagi tartibda darsning vaqt taqsimotini tuzish mumkin:
T/r Darsning bosqichlari Vaqti
1. Tashkiliy qism 3 daqiqa
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash) 8 daqiqa
3. Yangi mavzuni tushuntirish 10 daqiqa
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
5. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash 5 daqiqa
6. Uyga vazifa berish 4 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:I
Salomlashish, o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
Navbatchi axborotini tinglash, ob-havo haqida suhbat tashkil etish.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu va uyga vazifa so‘ralib, mavzu asosida savol va topshiriq beriladi.
Didaktik mashq ekran orqali namoyish etiladi.
“Kim ko‘p ma’lumotlarni esladi?” didaktik mashqi o‘tkaziladi.
1. 3-sinf “Tabiatshunoslik” fanida o‘rgangan eng yirik mavzular ning nomini ayting?
2. Tabiat jismlari va moddalarga nimalar kiradi?
3. Inson salomatligini saqlash uchun nimalarga ahamiyat berishi kerak?
4. Atrofi mizdagi tabiatni, atrof-muhitni asrab-avaylash uchun nimalar qilish kerak?
5. Quyosh haqida nimalarni bilasiz?
6. O‘zbekistonning tabiati haqida nimalarni bilasiz?
7. Tabiatshunoslik faniga doir yuqorida berilgan savollar va o‘zingiz bilgan, qiziqqan hamda kuzatganlaringiz asosida o‘rganiladigan bilimlar daraxtining shoxchalarini davom ettiring.
O‘quvchilar javoblarini umumlashtirish, “Tabiatshunoslik” faniga doir yuqorida berilgan savollar kuzatganlari asosida o‘rganiladigan bilimlar daraxtining shoxchalarini tahlil qilib beradilar. Javoblari mustahkamlanib, o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Darsning maqsadi e’lon qilinadi.
|
| |