|
Pedagogika universiteti
|
bet | 9/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 438,73 Kb. | | #263128 |
Bog'liq BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yilBitiruv malakaviy ishiga berilgan taqrizda quyidagilar aks etishi kerak:
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi:
mavzuning dolzarbligi va uning muallif tomonidan asoslanganligi;
talaba tomonidan mazkur mavzuni tanlashdagi ijtimoiy-pedagogik sabablarning asoslanganligi;
bitiruv malakaviy ishida ko‘rib chiqish uchun qo‘yilgan masalalarning to‘g‘riligi va mantiqiyligi;
mavzuni yoritish uchun foydalanilgan manbalarning miqdor va sifat nuqtai nazaridan baholanishi;
pedagogik amaliyotni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish sifati, uni nazariy idrok etish darajasi;
bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablarning bajarilganligi.
Asosiy qismning tavsifi:
adabiyotlarni tahlil qilish sifati, muammoning nazariy asoslarini yoritishning qamrovi;
ishda amaliy tajribaning, tajriba-sinov materiallarining to‘liq va chuqur taqdim etilishi; ularning nazariy jihatdan baholanishi, ishni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
maktabgacha, umumiy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va uni boshqaruv sifatini yaxshilash uchun tavsiya etilgan tadbirlar tizimining bahosi;
mavzuni bayon etish uslubi va uning muallif tomonidan belgilangan masalalar doirasining nazariy-amaliy yo‘nalishiga mantiqan mos ekanligini;
mauallifning ko‘rib chiqilayotgan masalalarga bo‘lgan munosabati, o‘rganilgan mavzu bo‘yicha fikrlarning yangiligi.
Bitiruv ishining natijalari va sifatini baholash:
mavzuni yoritish darajasi va sifati.
Fakultet dekani kafedra mudirini va talabani taqriz bilan tanishtiradi, ishni rahbar xulosasi va taqriz bilan birga himoya uchun davlat attestatsiya komissiyasiga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi davlat attestatsiyasi komissiyasining uchdan ikki qismidan kam bo’lmagan tarkibi ishtirokidagi ochiq majlisida o‘tkaziladi. Himoyada ishning rahbari va taqrizchi maslahat ovozi huquqidan foydalanishi mumkin. Taqrizchilar yoki ulardan biri himoyada qatnashishi shart maqsadga muvofiq.
|
| |