|
Pedagogika universiteti
|
bet | 1/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 438,73 Kb. | | #263128 |
Bog'liq BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI VA BITIRUV MALAKAVIY ISHINI TAYYORLASH VA UNI HIMOYA QILISH BO‘YICHA
METODIK TAVSIYALAR
TOSHKENT – 2024
Metodik yo‘riqnoma Universitet Uslubiy Kengashining 2024 yil “26” martdagi 8 - sonli yig‘ilishida tasdiqlandi
Muallif:
Jumanova F.U. – “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri dotsenti
Taqrizchilar:
Djamilova N.N.– “Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi p.f.d., professor
Gaynazarova G.A. – “Maktabgacha ta’lim texnologiyasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD)
Jo‘rayeva N.T. – “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri v.b. dotsenti (PhD)
KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK
Kurs ishi mavzusini tanlash. Kurs ishi mavzulari (banki) kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi qisqa va aniq bo‘lishi lozim va mavzu talabaning ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda mavzular bankidan tanlab olinadi (1-ilova). Fan bo’yicha ma’ruza olib boruvchi professor - o‘qituvchi talaba tanlagan mavzuni ro‘yxatga oladi va kurs ishi yozilishini nazorat qiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, uning ahamiyati, nazariy va amaliy materiallarni mavjudligi va yetarli bo‘lishi, yangi masalalarni o‘rganilishi, talaba tanlangan mavzu haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, tanlangan masalalarga qiziqishi ham muhim ahamiyatga ega.
Mavzu juda keng masalalarga bag‘ishlanmasligi, qisqa masalalarni aniqlash bilan chegaralanmasligi kerak. Mavzu tanlashda yakunlangan fan yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, kursning navbatdagi bo‘limlarini o‘rganishga yaqindan yordam berishga xizmat qilishi kerak.
Talabalar fan (modul)lar bo‘yicha yozadigan kurs ishi ilmiy yo‘nalishi jihatidan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi, mutaxassislikka doir masalalarini izchil o‘rganishga yordam berishni nazarda tutishi kerak.
Kurs ishi mavzusini jarayonida, talaba rahbar nazoratida mavzuga oid savollar doirasi bilan tanishib chiqishi, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishtirilishi talab qilinadi. Mavzu tanlangach, talaba tomonidan adabiyotlar tahlil qilinishi va aniq muammo belgilab olinishi zarur.
Kurs ishini bajarish jarayonida ilmiy va tarbiyaviy ishlar kompleks asosda amalga oshirilib, ular orasida quyidagilar birinchi darajali ahamiyatga egadir:
fanning dolzarb mavzusi va muammolarini o‘rganish va tahlil qilish;
kurs ishi ustida ishlash jarayonida talaba tanlagan mavzuni chuqur o‘rganish, uning yo‘nalishlarini tahlil qilish haqidagi tushunchaga ega bo‘lish;
mustaqil ishlash faoliyati bilan tanishish, iqtisodiy, nazariy va amaliy dolzarb masalalarni yozma bayon qilish usullarini o‘rganish.
bibliografiya tuzish, statistik to‘plamlardan foydalanish, mavzular bo‘yicha konspekt tuzish, tavsiyalar ishlab chiqish, ishni rasmiylashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
huquqiy, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilinishini o‘rganish.
|
| |