• BITIRUV MALAKAVIY ISHLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
  • Pedagogika universiteti




    Download 438,73 Kb.
    bet5/13
    Sana13.06.2024
    Hajmi438,73 Kb.
    #263128
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil

    KURS ISHI HIMOYASI


    Belgilangan tartibda yozilgan kurs ishi (kompyuterda bajarilgan holda uning elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Kurs ishi kafedraga belgilangan himoya kunidan 10 kun oldin topshiriladi. Kurs ishlari himoyasida rahbar va mutaxassislik kafedrasidan professor – o‘qituvchilar (komissiya) ishtirok etadi. Kurs ishi himoyasi tartibi quyidagilardan iborat:

    1. Talaba 10-15 daqiqa davomida komissiyaga kurs ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o‘z tavsiyalari va takliflari to‘g‘risida axborot beradi.

    2. Kurs ishi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

    3. Shundan so’ng, talaba kurs ishi mavzusiga va u bilan bog‘liq bo‘lgan komissiya savollariga javob beradi.

    4. Kurs ishi bahosi komissiya va rahbar tomonidan birgalikda talabaning javoblari asosida belgilanadi kurs ishiga ilova qilingan (3-ilova) blankada og‘zaki javob uchun ballar qo‘yiladi va ballar jamlanadi.

    5. Kurs ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.

    6. Kurs ishi himoyasi natijasi sifatida rahbarning tavsiyasi bilan ilmiy maqola shakliga keltirish va uni ilmiy jurnallarda nashr etishi mumkin.

    BITIRUV MALAKAVIY ISHLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR





      1. BITIRUV MALAKAVIY ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK

    Bitiruv malakaviy ishi (BMI) mavzusini tanlash. Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari tegishli kafedralar tomonidan tuzib chiqiladi va BMIlari banki (4-ilova) yaratiladi.
    Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoni beriladi. Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida tanlaydi. Mavzu tanlangach, kafedrada talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlanadi.
    Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni tizimlashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, eruditsiyaning o‘sishi, talabani ilmiy tadqiqotchilikka yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.
    Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi pedagogik amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning o’zida unga bitiruv malakaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy rahbar tomonidan tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar (5-ilova) beriladi, bunda ishni yakunlash muddati ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulteti va mavzusi ko‘rsatiladi. Agar bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, qilingan ishlar, dastlabki ma’lumotlar natijalari ko‘rsatiladi.
    So‘ngra talabaga ishlab chiqiladigan masalalar, tajriba–sinov ishlarini rejalashtirish bo‘yicha maslaxatlar beriladi. Ishning rejasi va vazifalar aniqlashtiriladi. Bu esa o‘z o‘rnida talaba faoliyatini tashkil etish, uni doimiy nazorat qilish va zarurat bo‘lganda, unga ko‘maklashish imkonini beradi.
    Kalendar reja adabiyotlarni tanlash va o‘rganish, boshqa manbalar, tajribalar bilan tanishish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish,
    olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash, xulosalar chiqarish, ilovalar tayyorlash, bitiruv malakaviy ishini uslubiy va texnik tomondan rasmiylashtirish, himoyaga tayyorlanish uchun sarflanadigan vaqtni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi.
    Mazmunan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi o‘rtasida uzviy bog‘lanish bo‘lishi kerak: bitiruv malakaviy ishi kurs ishining ijodiy rivojlanishi bo‘lib, unda kurs ishida ko‘tarilgan muammo yanada chuqurroq o‘rganiladi. Biroq kurs ishining matnini mexanik ravishda, so‘zma-so‘z bitiruv malakaviy ishiga kiritish mumkin emas. Kurs ishining asosiy natijalari bitiruv malakaviy ishi muammosini ijodiy hal etish uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qilishi kerak.



      1. Download 438,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 438,73 Kb.