• Uchinchi bob
  • Pedagogika universiteti




    Download 438,73 Kb.
    bet8/13
    Sana13.06.2024
    Hajmi438,73 Kb.
    #263128
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil

    Ikkinchi bobda mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha metodik ma’lumotlar bayon etiladi hamda metodik tahlil keltiriladi. Bunda, tanlangan ob’ekt (ta’lim muassasalari) o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishning, ularni rivojlantirish, ta’limni tashkil etishni boshqarishning ahvoli, bunda qo‘llanayotgan metodlar va boshqalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologiyasi asosida ta’limda vujudga kelgan vaziyat tahlil qilinadi va uni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar bayon qilinadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif nazariy bilimlardan metodik tahlilga, umumiy hodisalar tahlilidan xususiy tahlilga o‘tishi zarur.
    Uchinchi bob pedagogik-tajriba sinovni tashkil qilish va uni o‘tkazish hamda statistik tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalar yoki o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha ishlanmalarni tajribada qo‘llanilishi, tajriba- sinov ishlarni olib borish metodikasi; qo‘yilgan masala va vazifalarni hal etish yo‘llari; olingan natijalarni matematik usullar yordamida tahlil qilish natijalarni yoritiladi. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval ahvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning natijasida yutuqqa erishildi, miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon bo‘ldi, qanday qiyinchiliklarga duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va h.z.).
    Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi pozitsiyasini ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, tahlil natijalari bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqot ob’ektining
    samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.
      1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


    1. Bitiruv ishi texnik va ilmiy hujjatlarni kompyuterda terish qoidalariga muvofiq ravishda standart qog’oz (A4 format)ning bir tomoniga yozilgan bo‘lishi kerak. Rasm va jadvallar umumiy talablarga qat’iy rioya qilingan holda, rasm osti sharhlovchi yozuvlari: rasm nomi, tartib raqami, havola, izoh bilan birga berilishi hamda matnda uchrashiga ko’ra tartib bilan joylashishi kerak.

    2. Bitiruv malakaviy ishida sahifalar, jumladan, jadval va rasmlar ham, oddiy usulda raqamlanadi. Sahifalash mundarijadan boshlanadi.

    3. Grafik, jadval, hujjat, ishning tahliliy va tajriba qismlarini izohlovchi hisob-kitob ko‘rinishidagi ikkinchi darajali materiallar bitiruv ishining ilovasida berilishi mumkin.

    4. Grafik material mavjud talablarga muvofiq ravishda standart qog‘ozda bajarilishi kerak.

    5. Bitiruv ishining barcha qismlari mavzu va rejaga mos ravishda o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Ish foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yakunlanadi.

    6. Bitiruv ishini rasmiylashtirishda quyidagi talablarga javob berish zarur:

      • matnda ishning tuzilishi aniq belgilanadi: rejaga muvofiq uning asosiy bo‘limlari ajratiladi, rejadagi barcha masalalar chuqur va to‘liq yoritiladi, fikrlar ilmiy uslubda bayon etiladi;

      • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ilovadan oldin beriladi;

      • manbalarga havolalar (manbaning muallifi, ishning nomi, nashr joyi, yili, sahifa) varaqning quyi qismida yoki katta (kvadrat [ ]) qavsda ko‘rsatiladi;

      • bitiruv ishining sahifalari tikiladi va maxsus jildga yig‘iladi, jildning muqovasi ish titul varag’ining aynan nusxasi bo‘lishi lozim (6-ilova).

    Tugallangan bitiruv ishi muallif tomonidan imzolanadi hamda rahbarga taqdim etiladi. Ish rahbarga davlat attestatsiyasi boshlanishidan 1 oy oldin beriladi.
    O‘n kun ichida rahbar talaba faoliyatiga hamda ishning tugallanganligi haqida xulosa yozadi. Xulosada talabaning mustaqil fikrlash darajasi, ilmiy adabiyot bilan ishlash va tajriba-sinov tadqiqotini tashkil etish ko‘nikmasining mavjudligi, olingan natijalarning ahamiyati va asoslanganligi, ularni amalda qo’llash imkoniyatlari hamda bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish haqidagi xulosa aks etishi lozim.
    Bitiruv ishi, rahbarning xulosasi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etiladi. Kafedra mudiri bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish masalasini hal etadi va bu haqda imzo bilan tasdiqlaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar” ta’kidlanishicha, yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha yakuniy fanlararo davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishining himoyasiga dasturlardan biri bo‘yicha to‘liq ta’lim kursini tugatgan va rejada ko‘zda tutilgan barcha sinovlardan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
    Kafedra barcha talablarga javob beradigan, yakunlangan ishni taqdim etgan talabalarni himoyaga tavsiya etadi. Agar ishning sifati bilan bog‘liq e’tirozlar mavjud bo‘lsa, uni himoyaga qo‘yish masalasi ilmiy rahbar ishtirokida o‘tadigan kafedra majlisida hal etiladi.
    Bitiruv malakaviy ishi belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagan yoki uning sifati talabga javob bermagani uchun himoyaga qo‘yilmagan hollarda talaba tegishli fan bo‘yicha davlat attestatsiyasini topshirishga haqli.
    Mutasaddi kafedra tomonidan himoyaga tavsiya etilgan bitiruv malakaviy ishi fakultet dekani (yoki u bilan kelishilgan holda kafedra mudiri)
    tomonidan taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan kafedraning mudiri tavsiyasi bo‘yicha dekan tomonidan tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishi taqrizchilari (1 ta ichki va 1 ta tashqi) tomonidan taqdim qilingan ish 10 kun davomida atroflicha o‘rganilib chiqiladi. Tashqi taqrizchilar qilib malakali mutaxassislarni – maktab, ilmiy va ta’limiy muassasa, ta’limni boshqarish idoralarining xodimlarini, shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilish maqsadga muvofiq. Ishning ijobiy jihatlari, kamchiliklar, takliflar ko’rsatilgan holda ishga taqriz beriladi.

    Download 438,73 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 438,73 Kb.