|
BITIRUV MALAKAVIY ISHINI BAJARISH BO‘YICHA ISH REJASINI TUZISH
|
bet | 6/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 438,73 Kb. | | #263128 |
Bog'liq BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil BITIRUV MALAKAVIY ISHINI BAJARISH BO‘YICHA ISH REJASINI TUZISH
Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha ish rejasini taxminan quyidagicha tuzish mumkin:
Tadqiqot ishining bir qirrasini chuqur tahlil qilish maqsadida tanlab olish. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini aniqlashtirish.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish .
Muammoni belgilash, uning fan va amaliyotdagi o‘rnini tahlil qilish.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayanch tushunchalarni ajratish va tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish.
Mavzuning dolzarbligini asoslash.
Tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalarini belgilash.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy manbalarning chuqur tavsifini berish.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha mavjud adabiyotlar tahlili tayyorlash. Bunda quyidagilar berilishi mumkin:
a) muammo (g‘oya, masala)ning o‘rganilish tarixi;
b) tadqiqot ob’ektini ta’riflovchi umumpedagogik va boshqa ilmiy yondashuvlar;
v) didaktik parametrlar; g) metodik qoidalar;
d) psixologik nazariyalar.
Ko‘tarilgan muammoni hal etishning turli usullarini ishlab chiqish.
Muammo echimini izlab topishning maqbul usullarini aniqlash.
Tajriba-sinovning dastlabki bosqichini o‘tkazishga tayyorlanish (metodikani rejalashtirish, ishlab chiqish, asbob-uskunalarni, o‘quv mashg’ulotlarining va tarbiyaviy tadbirlarning reja-konspektini, didaktik test va b. tayyorlash).
O‘rganilayotgan masalaning mavjud avoli haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun tajribaning dastlabki bosqichini amalga oshirish.
Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma, rasmlarni tayyorlash, natijalarni qayd etish.
Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini tayyorlash (tajriba olib borish va uni kuzatishning metod hamda vositalarini rejalashtirish, ishlab chiqish, natijalarni qayd etish usullarini ishlab chiqish va h.z.)
Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish va tahlil qilish (kuzatuv bayonnomalari, yozma ishlar, rasmlar, suhbat natijalari va h.k).
Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish (material bunga imkon bersa).
Zarurat bo‘lganda tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini qayta o‘tkazish.
Tayyorlangan matnlarni boblar shaklida jamlash.
Boblar bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va yozish.
Umumiy xulosalarni yozish
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
Ilovalarni (jadval, chizma, so’rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy ishlarning reja-konspektlarini va h.z.) rasmiylashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish.
Titul varag‘ini yozish.
Umuman, bitiruv malakaviy ishi kurs ishining mantiqiy davomi bo‘lib, asosiy g‘oya va xulosalar qayta idrok etiladi, yangi ma’lumotlar, kuzatuv hamda tajriba natijalari bilan boyitiladi. Shu tariqa, bitiruv malakaviy ishi nazariy va amaliy jihatdan yuqoriroq darajadagi mukammal tadqiqot ishi bo‘ladi. Shu bilan birga, bitiruv malakaviy ishi yangi pedagogik tajribani (agar u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) o‘tkazish davomida olingan boshqa daliliy materialning mustaqil tadqiqi yoki adabiy manbalarni chuqurroq o‘rganish va idrok etishning natijasidir.
|
| |