|
ILMIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH
| bet | 4/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 438,73 Kb. | | #263128 |
Bog'liq BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil
Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu bo‘yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o‘rganish hisoblanadi. Bunda ko‘rib chiqilayotgan savollarga tegishli rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar to‘plamlarini, gazeta maqolalarini, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik ma’lumotlarni o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs ishi bilan to’g’ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan qismlariga, ya’ni bob va paragraflarga qaratish kerak.
Adabiyotlarni o‘qish va o‘rganish jarayonida kurs ishi bilan bog‘liq bo‘lgan savollardan parcha ko‘chirib olish zarur. Har bir parchada uning manbasi va manbadagi sahifasi ko‘rsatilishi kerak.
-
Kurs ishiga umumiy, metodik rahbarlik ilmiy rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani har bir talabaga tarqatish;
-
kurs ishi yozish bo‘yicha vazifa berish;
-
talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish
-
talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, ma’lumotlarni tanlashda yordam berish;
-
talaba bilan birgalikda tadqiqot ob’ekti va doirasini, ob’ekt faoliyatini o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
Rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga maslahatlar berishi, talaba tomonidan unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishi va ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish yoki to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida maslahat berishi talab qilinadi.
Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatdatalaba tomonidan rahbarga topshiriladi. Rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi va kurs ishining 3 ilovada keltirilgan varraqda o‘z xulosalarini yozib, kurs ishining yozma mazmuni uchun ball qo‘yiladi. Kurs ishi talab darajasida bajarilmagan bo‘lsa, raxbar uni qabul qilmasligi mumkin.
-
|
| |