• KURS ISHI REJASINI TUZISH
  • KURS ISHI MAZMUNI, XAJMI VA FORMATIGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
  • KURS ISHINI BAJARISH BOSQICHLARI




    Download 438,73 Kb.
    bet2/13
    Sana13.06.2024
    Hajmi438,73 Kb.
    #263128
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil

    KURS ISHINI BAJARISH BOSQICHLARI


    Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

    1. Kurs ishi mavzusini tanlash;

    2. Kafedra tomonidan tavsiya qilingan adabiyotlarni to‘plash, ularni o‘rganish, konspektlashtirish, kerakli joylarini yozib olish;

    3. Kurs ishi rejasini tuzish;

    4. Nazariy masalalar va amaliy materiallarni umumlashtirish, tahlil qilish, qaytadan ishlab chiqish;

    5. Kurs ishi matnini yozib chiqish, uni rasmiylashtirish va ilmiy rahbarga taqriz uchun taqdim etish;

    6. Taqrizning talablari asosida ishga ayrim tuzatishlar kiritish, qo‘shimcha savollarga javob berish;

    7. Kurs ishi himoyasiga tayyorlanish.

    1. KURS ISHI REJASINI TUZISH


    Kurs ishi rejasini tuzish, tavsiya qilingan adabiyotlarni o‘rganib chiqilgandan keyin boshlanadi. Reja tuzilganda ko‘zda tutilgan masalalarni aniq ifoda qilishga harakat qilish kerak. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi, mavzuni to‘liq ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi. Mavzuga tegishli ma’lumotlarni to‘plash, tartibga keltirish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida kurs ishining rejasi takomillashtirilishi yoki uning yo‘nalishi o‘zgartirilishi mumkin.
    1. KURS ISHI MAZMUNI, XAJMI VA FORMATIGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR


    Kurs ishlari o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yoziladi. Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o‘zaro izchil va mantiqan bog‘liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan statistik ma’lumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustratsiya) vazifasini o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va ma’lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun uning muallifi javobgardir.
    Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda shaxsan bajarilishi shart. Kurs ishi mazmunida ilmiy asoslangan manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, olimlar fikrlaridan olingan fikrlarga iqtiboslar keltirilishi kerak. Matnda foydalanilgan manbalar sahifa ostida izoh (snoska) tarzida aniq va to‘liq keltirilishi, muallif va adabiyotning nomi, nashriyoti, yili va beti keltirilishi, 10 shriftda yozilishi lozim (7-ilova). Kurs ishlari yozish jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar soni mavzuni ochib beradigan darajada bo‘lishi zarur.
    Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o‘rtacha 32-36 bet, qo‘l yozmada 45-50 bet bo’l
    ishi kerak. Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga, ya’ni paragraflarga bo‘linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o‘rtasida qo‘yilishi kerak. Kurs ishi A4 ( 210 x 297 ) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilinishi lozim: chap hoshiya - 3 sm , o‘ng hoshiya – 1,5 sm, pastki hoshiya -2 sm, yuqori hoshiya – 2 sm.
    Kurs ishi fayl papkaga joylashtiriladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag‘i (2 ilova) uning ustiga biriktiriladi.
    Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog‘idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma varag‘larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo’yilmaydi. Kurs ishi titulidan so‘ng, kafedrada tuzilgan ekspertlar hamda rahbar xulosasi (blanka, 3-ilova) yoziladi.



    1. Download 438,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 438,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KURS ISHINI BAJARISH BOSQICHLARI

    Download 438,73 Kb.