|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA KURS ISHINING O‘XSHASH HAMDA FARQLI JIHATLARI
|
bet | 7/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 438,73 Kb. | | #263128 |
Bog'liq BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA KURS ISHINING O‘XSHASH HAMDA FARQLI JIHATLARI
Bitiruv malakaviy ishining kurs ishidan katta farqi (tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish imkoniyati va zarurati mavjud bo‘lsa) pedagogik tajribaning tashkil etilishidadir. Kurs ishini bajarish uchun talaba ta’kidlovchi tajriba bilan kifoyalanishi mumkin. Buning uchun u o‘quvchilar bilan savol-javob (so‘rovnoma, interv’yu, suhbat va boshqalarni) o‘tkazadi.
Bitiruv malakaviy ishida ta’kidlovchi tajriba ishi doim ham etarli bo‘lmaydi. Ko‘pincha shakllantiruvchi tajriba o‘tkaziladi. Uning mohiyati shundaki, hodisa va jarayonlar qat’iy nazorat qilish va boshqarish sharoitida o‘rganiladi. Istalgan tajribaning asosiy tamoyili tadqiq qilinayotgan jarayonlarning har birida boshqa omillar o‘zgarishsiz qolgani holda birgina omilni o‘zgartirishdan iborat.
Tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash.
Tajriba dasturini ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish.
Tajribani o‘tkazish.
Natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.
Natijalarni umumlashtirish, izohlash, xulosalarni yozish.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TAXMINIY TUZILISHI VA BO’LIMLAR MAZMUNI
Bitiruv malakaviy ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish – umumiy hajmning 10%; nazariy qism – nazariy masalalarni qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad, ularni o‘rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda umumiy hajmning 25-30%; tahlil yoki metodikani yorituvchi qismi – 15-20%; tajriba- sinov ishlari haqidagi qism – 30-35%; xulosalar – 5%; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, undagi boblar mutanosibligi har bir ishning mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog‘liq holda alohida belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 50-80 sahifani tashkil etishi lozim.
Kirish qismida
Mavzuning dolzarbligi (ijtimoiy va pedagogik jihatdan asoslanadi);
Tanlangan mavzuning ishlanganlik darajasi (aniqlanadi);
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi (muammo belgilanadi);
Tadqiqot ob’ekti;
Tadqiqot predmeti;
Tadqiqotning farazi;
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari;
Tadqiqotning metodologik asosi;
Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
Tadqiqotning yangiligi (mavjud bo‘lsa);
Bitiruv malakaviy ishining strukturasi keltiriladi.
Kirish qismida tadqiqotni olib borish metodlari, manbalar, dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish qismining so‘nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor bo‘lganidan keyin tahrirlanadi.
Birinchi bobda mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan sohada olib borilgan tadqiqotlar
guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi. Tadqiqot olib borilayotgan mavzu yuzasidan muammo aniqlanadi, uning tahlillari va yechimlari yuzasidan bitiruvchining o‘z qarashlari, kontseptsiyasi belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik yondashuv tanlanadi.
|
| |