• Mundarijada
  • Xulosa va takliflar
  • Pedagogika universiteti




    Download 438,73 Kb.
    bet3/13
    Sana13.06.2024
    Hajmi438,73 Kb.
    #263128
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    BMI KURS ISHI YO\'RIQNOMA 12-IYUN 2024-yil

    KURS ISHINING TARKIBI


    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:

    • titul varog‘i;

    • reja (mundarija);

    • kirish qismi;

    • asosiy qism (paragraflar);

    • xulosa va takliflar;

    • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

    • ilovalar.

    Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya’ni kirish, bob yoki bo‘limlar, paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar joylashgan sahifa raqamlari bilan keltiriladi.
    Kirish qismining hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. Unda nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, maqsad shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
    Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin (rejada “asosiy qism” so‘zi yozilmaydi). Bu qism kurs ishining umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi paragraflarda berilishi va paragraflar soni kamida besh yoki oltita bo‘lishi lozim. Reja boblarga bo‘lingan holda, har bir bobda kamida 2 tadan paragraf qamrab olinishi kerak.
    Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi, statistik ma’lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi. Mavzuni
    yoritishga qaratilgan barcha grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim.
    Xulosa va takliflar. Kurs Ishining xulosa va takliflar qismi 3-5 bet atrofida bo‘lib, unda talaba tadqiqotning xulosa va takliflarini bayon etadi. Kurs ishining oxirida mavzuga taalluqli so‘zlarning (20-30 ta) izohli ma’nosi berilishi maqsadga muvofiq.
    Foydalanilgan adabiyotlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxatini keltiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kamida 10-15 tani tashkil qilishi kerak.
    Ilovalar. Ilovalarda asosiy matnda o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin. Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar, taqdimot materiallari va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim.



    1. Download 438,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 438,73 Kb.