• “nima bilishi haqida biladi”
  • Anglanmagan kompetentlik bosqichi
  • “Men biladigan narsam haqida hech narsa bilmayman”
  • Anglangan kompetentlik bosqichi




    Download 6,03 Mb.
    bet18/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    Anglangan kompetentlik bosqichi: Kompetentlikni anglanishi uchun shaxs biron-bir (rasmiy yoki norasmiy) o‘qishda tahsil olishi lozim. Bu bosqichda u, asosan, o‘qituvchining xatti-harakatlarini o‘zlashtiradi (agar uning xotirasi bunga
    imkon bersa). Har lahzada shaxs qilayotgan ishini anglaydi yoki “nima bilishi
    haqida biladi”. Masalan, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan va haydovchilik guvohnomasi olgan 18 yoshli yigit (haydovchi) yo‘lga chiqishdan oldin mashinani to‘g‘ri boshqarish haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va o‘ziga-o‘zi quyidagilarni pichirlaydi yoki xayolidan o‘tkazadi: “Hozir yonni yoki orqani ko‘rsatuvchi oynalarga qarayman, oldimdan chiqqan jonli to‘siqqa signal beraman, borishim zarur bo‘lgan ob’ektni joylashishi ko‘ra yoki harakat traektoriyasi bo‘yicha o‘ngga- chapga burilaman va hokazo”.


    Anglanmagan kompetentlik bosqichi: Anglanmagan kompetenlikda shaxs o‘zidagi mavjud bilim va ko‘nikmalarni shu darajada ko‘p qo‘llaydi-ki, natijada bu odatiy holga aylanib qoladi. Endi bu shaxs har bir xatti-harakati davomida keyingi
    qadamni o‘ylamasdan bosadigan bo‘ladi yoki harakatlar algoritmi anglanmagan
    tarzda amalga oshiriladi (yoki bo‘lmasa bu harakat ong ostida bajariladi). Oqibatda shu shaxs: “Men biladigan narsam haqida hech narsa bilmayman”, – degan yakuniy xulosaga kelishi mumkin. Tasavvur qiling, siz farzandingizga mashina boshqarishni o‘rgatayapsiz. Mashinani boshqarish davomida siz ma’lum darajadagi harakatlaringiz mohiyatini tahlil qilmaysiz, sababi, bular sizning “qoningiz va jismingizga” singib ketgan bo‘ladi.
    Demak, yuqoridagi to‘rt bosqichli nazariyada ilgari surilgan g‘oyaga asoslanadigan bo‘lsak, kompetentlik – ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun, ya’ni muayyan kishilar (guruhlar) malakasini oshirish va ish(o‘qish)-faoliyatini yaxshilashda xuddi indikator sifatida xizmat qiladi.

    N.A. Muslimov (2009) kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashning samarali zamonaviy o‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish masalasi yuzasidan keng qamrovli tadqiqotlarni olib borar ekan, o‘z navbatida, kompetentlikni ettita turga bo‘lib o‘rganadi. Olimning fikricha,


    Download 6,03 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




    Download 6,03 Mb.