Mehnat bozorining o‘zgarib borishi,
taraqqiyot jadallashuvi, axborot muhiti
glabollashishi ta’sirida maktab bitiruvchisiga qo‘yilayotgan talablar murakkablashib boraveradi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy maktab o‘z faoliyatini tashkil etishda nafaqat bugungi davr
talablarini inobatga olishi, balki ta’lim oluvchilarni ertangi kun talablariga ham tayyorlashi zarur.
Albatta, XXI asrning ikkinchi yarmida hayot qanday kechishi, qanday bilimlar kerak bo‘lishini shiddat bilan rivojlanib, o‘zgarib borayotgan zamonda aniq prognoz qilish qiyin. Shu bois maktab ta’lim oluvchilariga
bilim berish bilan birga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik,
hamkorlik, vaziyatni real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash
va undan oqilona foydalanish, tez kirishuvchanlik xususiyatlarini shakllantirib, har qanday o‘zgarishlarga konstruktiv moslasha olish qobiliyatini rivojlantirib borish lozim.
Oldimizda turgan bu dolzarb vazifa mustaqil hayotiy pozitsiya,
ijtimoiy faollik, yuksak aqliy va ma’naviy salohiyatni shakllantirishga qaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni hayotga yanada kengroq tatbiq etishni taqazo etadi.
Buning uchun jismoniy tarbiya va sport ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan har bir jismoniy tarbiya instruktorining tayanch kompetentsiyalarga ega bo‘lishi o‘ta muhim jarayondir.
“
Kompetentsiya” tushunchasi lotincha
competere degan so‘zdan olingan bo‘lib,
mos kelmoq ma’nosini beradi.