• Tarbiyalanuvchiga yondashuv
  • Diagnostik ma’lumotlarni yig‘ish
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet23/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    Autopsixologik kompetentsiya – bu pedagogdagi shunday malakalar majmuiki, ular pedagogni o‘z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o‘zini o‘zi diagnostika qilish, o‘zini o‘zi tuzata olish (korrektsiyalash), o‘zini o‘zi takomillashtira olish, o‘ziga-o‘zi motivatsiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetentsiyalar bilan bog‘liq qobiliyatdir.




      1. Tarbiyalanuvchiga yondashuv
        jismoniy tarbiya instruktorining ichki

    va tashqi tarbiyalanuvchining talabini qondirishdan manfaatdor ekanligini ko‘rsata olish xususiyati.
    Ushbu kompetentsiyaga ega jismoniy tarbiya instruktori:

    • tarbiyalanuvchining muammolarini tez va samarali hal etadi;

    • tarbiyalanuvchining natijadan qanchalik darajada qoniqayotganligini aniqlash maqsadida, u bilan suhbat o‘tkazadi;

    • tarbiyalanuvchilarga, ularning mashg‘ulotga bo‘lgan talablarini qondirish uchun birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi;

    • tarbiyalanuvchining mashg‘ulotlardan qoniqish darajasini o‘lchash va aniqlash usullarini topadi hamda ijobiy ta’sir qilish yo‘li (muomala manyorasi)ni yaratadi.






      1. Diagnostik ma’lumotlarni yig‘ish
        jismoniy tarbiya instruktorining

    vaziyatga aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilish; bunday ma’lumotlarni tegishli manbalar yordamida qidirishni amalga oshira olish (savolni shunday berish kerakki, ma’lumotni bo‘lishishni xohlamagan tarbiyalanuvchi ham javob berganini o‘zi bilmay qolsin) kompetentsiyasi.
    Ushbu kompetentsiyaga ega jismoniy tarbiya instruktori:

    • vaziyatni aniqlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni tan oladi;

    • ko‘plab manbalarga murojaat qilgan holda katta miqdorda ishonchli ma’lumotlarni topadi;

    • zarur bo‘lganda hamkorlar uchun sun’iy dalillar keltiradi;

    • tarbiyalanuvchilardan mashg‘ulot ishlari qanday ketayotganini bilish, ularning muammolarini eshitish maqsadida tez-tez xabar olib turadi;

    • pedagogik kengash bilan, ular o‘z harakat rejasini qanchalik yaxshi tuzishganligini baholash maqsadida suhbatlashib turadi;

    • vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida savollar beradi;

    • har bir tarbiyalanuvchichining fikrini so‘raydi;

    • muammoni oydinlashtirish, ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun bilimdon (dono) odamlarni topa oladi.





    Download 6,03 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.