• O. Abdulina, Yu. Babanskiy, V. Kan-Kalik, K. Levitan
  • Pedagogik
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet26/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    I. Zimnyaya, N. Kuzmina, L. Mitina, L. Petrovskaya, A. Markova pedagog professional kompetentligining maxsus, ijtimoiy, shaxslilik, individual turlarini ajratgan holda, pedagog faoliyati samaradorligida uning kompetentligini shakllantirish ahamiyatini ta’kidlaydilar.
    Pedagog professional kompetentligining shakllanish shart-sharoitlari
    O. Abdulina, Yu. Babanskiy, V. Kan-Kalik, K. Levitan tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.
    Pedagog kasbiy muhim sifatlarining psixologik tahlili Yu. Kulyutkin,
    F. Golobolin, V. Slastenin va boshqa olimlar tomonidan o‘rganilgan.
    Pedagog professional kompetentligi muammosi bilan shug‘ullangan Sh. Abdullaeva (2019) tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi ilmiy yangiliklarni qo‘lga kiritgan:

    • pedagogning professional kompetentligini belgilovchi predmetli- faoliyatlilik komponenti (faoliyatni erkin tanlashga intilish, insonlar bilan ishlashga yo‘nalganlik, o‘zga kishilar uchun o‘zini safarbar etish, natijalar uchun to‘siqlarni bartaraf etish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, muvaffaqiyatga intilish, tavakkal qilishga tayyorlik, yangilik yaratishga intilish), shaxslilik komponenti (sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga javob berish, o‘zga kishilarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘maklashishga qobiliyatlilik, emotsional holatlarini nazorat qilishga o‘quvlilik), ijtimoiy-kommunikativlik komponenti (muloqotdagi qayishqoqlik, tolerantlik, muomalada o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi) aniqlangan;

    • pedagogda professional kompetentlikning shakllanishi unda noaniqlikka tolerantlikni, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini, o‘zini omadli shaxs ekanligi haqidagi tasavvurini rivojlanishiga hamda rigidlikni, xavotirlanish va innovatsion faoliyatga nisbatan qarshiliklarni pasayishiga olib kelishi asoslangan;

    • pedagog professional kompetentligining professional-faoliyatli ong, “Men- pedagog” kontseptsiyasining professional jihatdan aniqligi, faoliyatni amalga oshirishga axborot va vositalar bilan tayyorlik kabi tarkibiy tuzilmalari aniqlangan;

    • sintezlovchi reflektsiyaga qobiliyatlilik, faoliyatni loyihalash va amalga oshirishga qobiliyatlilik, ijobiy “Men kontseptsiyasi” pedagogda professional kompetentlikni tarkib toptirishning psixologik shart-sharoitlari ekanligi isbotlangan;

    • pedagog professional kompetentligining maxsus (o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malakalar), ijtimoiy (muomalaga kirisha olish, o‘zaro ta’sir malakasi) va shaxslilik (individual va kasbiy-muhim sifatlar, emotsional barqarorlik, qiyin vaziyatlardan chiqib keta olish malakasi) komponentlari shakllanishi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik aniqlangan.

    Shaxsning savodxonlik darajasi katta hajmdagi akademik bilimlarni egallash bilan emas, kompetentli yondashuvga ko‘ra o‘z bilimlaridan amalda samarali foydalana olish qobiliyatiga qarab baholanadi. Negaki, fan, texnika, ishlab chiqarish, sport va ijtimoiy munosabatlar shiddat bilan rivojlanib borayotgan ayni davrda axborot (bilimlar) shu darajada ko‘pki ularning hammasini o‘zlashtirishga inson qodir emas.


    Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:






    1.


    jismoniy
    Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni tarbiya instruktori faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan

    bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga
    yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
    Jismoniy tarbiya instruktori faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad tarbiyalanuvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Jismoniy tarbiya instruktori o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish
    yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish tarbiyalanuvchilar uchun
    ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: “Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z- o‘zidan kelaveradi”.
    Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonida tarbiyalanuvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki – jismoniy tarbiya instruktori maqsadi doimo tarbiyalanuvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Buni anglagan holda,
    mohir jismoniy tarbiya instruktorlari o‘z faoliyatini mantig‘ini tarbiyalanuvchilar
    ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.




    Download 6,03 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.