|
KASBIY KOMPETENTSIYA MODELI
|
bet | 25/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI KASBIY KOMPETENTSIYA MODELI.
Dunyoda pedagogning professional kompetentligi va uning ilmiy-metodik ta’minotini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning pedagogik- psixologik mexanizmlarini takomillashtirishga oid qator, jumladan,
Kasbiy mahorat, professionalizm, xususan, pedagog-o‘qituvchilar professional xususiyatlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar hozirgi kungacha bir qator mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqotlarning predmetiga aylangan.
O‘zbekistonda pedagog faoliyati xususiyatlarini har tomonlama o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar juda ko‘p. Pedagog professional faoliyatining psixologik muammolari mamlakatimiz olimlari M. Davletshin, E. G‘oziev, V. Tokareva,
R. Gaynutdinov, A. Jabborov, Z. Nishonova, D. Muxamedova, Y. Asadov,
A. Rasulov, S. Sirliev, Sh. Abdullaeva va boshqalar tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, A. Jabborov o‘qituvchining psixologik va etnopsixologik xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lsa, R. Gaynutdinov uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek milliy maktabi o‘qituvchisi shaxsi shakllanishi xususiyatlarini yoritib bergan.
Y. Asadov o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlari uning professionalizmini oshirish omili ekanligini o‘z tadqiqotlarida isbotlagan.
Professional kompetentlik mohiyati E. Zeer, V. Karimova, E. G‘oziev,
R. Uayt, V. Naperov, L. Panina, A. Karpov, E. Safonova, A. Smirnov,
V. Spiridonova, I. Shtobbe, T. Bazarov va hammualliflari tomonidan talqin etilgan.
Zamonaviy psixologiyada pedagog shaxsi shakllanishi B. Ananev,
A. Kovalev, A. Rean, Ya. Kolominskiy, V. Slastenin, S. Arxangelskiy va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
|
| |